Pul xisobiga qarash to‘g‘rimikan

Assalomu alaykum! Akam 24 yoshida ruxiy kasallikka chalingan (xozirda 57 yosh). 30 yil davomida ota-onam va ukasi (men) bilan yashab kelgan. Akamning nomida uyi bor. Ushbu uyni boshqarishni ota-onam menga topshirgan. Ota-onam vafotidan so‘ng, birdaniga opalarim akamga o‘zimiz qaraymiz uyini xam o‘zimiz boshqaramiz deb talab qilishni boshlashdi. Xar xir aldov va boshqa yo‘llar bilan uy kalitini olishdi. Xozirda uylarini arendaga berib tushgan pul xisobiga qarashmoqda. Ushbu tanlashgan yo‘lligi to‘g‘rimikan. Men qanday yo‘l tutishim kerak?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Unga siz qarashingiz lozim. Opalaringizga bu vazifa topshirilmaydi. Uni sizdan tortib olishga ham haqli emaslar. Vallohu a’lam!

27 Oktabr 2023, 19:53 | Savol-javoblar | 0 | Qur’oni karim
|
Boshqa savol-javoblar