Zam sura o‘qish

Assalomu alaykum! Farz namozida 3-rakatdan so‘ng zam sura o‘qilsa nima bo‘ladi? Agar bu juda ko‘p marotaba bo‘lsachi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Namozga hech qanday karohiyati yo‘q. Odat qilib olmaslik kerak, chunki odat qilib olish Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning qilgan sunnatlariga ziddir. U zot sollallohu alayhi vasallam farzning 3-4-rak’atlarida “Fotiha” surasi bilan kifoyalanar edilar. Vallohu a’lam!

27 Aprel 2022, 08:23 | Savol-javoblar | 193 | Ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar