Qarzdordan qarzni so‘rash zulmmi
Assalomu alaykum! Bundan taxminan 8-9 yil oldin savdo bilan shug‘ullanardim. Ko‘pchilik mollarimni nasiyaga olishardi. Shularni ichida xozirgacha qarzlarini bermaganlari bor. "Mayli, zarur bo‘lganimda berarsiz",- deb etganman. O‘zim Allohga shukurlar bo‘lsin, boy xam, kambag‘al xam emasman. 3 yil oldin pulga muxtojligimda so‘rashni boshlasam, qo‘shnim: "Endi manam savdoga o‘tganman, shoshmay turing 2-3 oyda kberaman",- deganicha bugun-ertaga deb 8 yildan beri qarzini bermayapti. 8 yil oldin qizlarini uzatganlarida sarpa olganlar, 8 yil ichida 3 ta nevarali bo‘ldilar. Topishlari yaxshi, imkoniyati bor, lekin bergisi yo‘q. Xisob-kitob bo‘yicha o‘sha paytda kelishuvga ko‘ra140$ ga teng qarz bo‘lganlar. To‘y qilganlarida 30$ to‘yana qilib qarzidan o‘tganman. Endi esa qo‘shnim: "Olgan narsalarim brilliantaga teng bo‘p qoldi, o‘zizga to‘qsiz, shu pulga qarab qoldizmi",- degan gap so‘z qilmoqda. Qarzimni so‘rasam qarzdorga zulm qilgan bo‘lmaymanmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Haqqingizni so‘rasangiz u odamga zulm emas katta yordam qilgan bo‘lasiz. Chunki mabodo bermasdan vafot qilib ketib qarz qiyomatga qolib ketsa ahvoli juda ayanchli bo‘ladi. Nima qilib bo‘lsa ham oling. عَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ رَضِي اللهُ عَنْهُ، عَنِ النَّبِيِّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: مَطْلُ الْغَنِيِّ ظُلْمٌ . رَوَاهُ الْخَمْسَةُ Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Boyning (zimmasidagi haqni) bermay yurishi zulmdir», dedilar».
Beshovlari rivoyat qilishgan.
Moddiy imkoni bor odam o‘z zimmasidagi moliyaviy burchni ado etmay yurishi zolimlikdir. U bu bilan haqdorlarga ham, o‘ziga ham zulm qiladi. Haqdorlar undan o‘z vaqtida haqlarini ololmay, zulmga uchraydilar. O‘zi esa bu ishi bilan gunohga botib, o‘ziga zulm qilgan bo‘ladi.
Imom Shofe’iyning hukmlari bo‘yicha, agar boy kishidan mazkur ish ikkinchi marta takror bo‘lsa, uning guvohligi qabul qilinmaydi. Ya’ni jamiyatdagi ishonchsiz kishilar qatoriga qo‘shilib qoladi. وَلِلنَّسَائِيِّ: وَالَّذِي نَفْسِي بِيَدِهِ لَوْ أَنَّ رَجُلًا قُتِلَ فِي سَبِيلِ اللهِ، ثُمَّ أُحْيِيَ ثُمَّ قُتِلَ، ثُمَّ أُحْيِيَ ثُمَّ قُتِلَ وَعَلَيْهِ دَيْنٌ مَا دَخَلَ الْجَنَّةَ حَتَّى يُقْضَى عَنْهُ دَيْنُهُ Nasaiy qilgan rivoyatda:
«Mening jonim qo‘lida bo‘lgan Zot ila qasamki, agar bir kishi Allohning yo‘lida qatl qilinsa, so‘ng tiriltirilsa, yana qatl qilinsa va tiriltirilsa, so‘ng yana qatl qilinsa-yu, uning zimmasida qarzi bo‘lsa, qarzi ado etilmaguncha jannatga kirmas», deyilgan.
Sharh: Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning qasam ichib turib aytishlari ham bu ish qanchalik ahamiyatli ekanligini ko‘rsatadi.
Alloh taoloning yo‘lida shahid bo‘lish qanchalik ulug‘ maqom. Shahid uchun jannat eshiklari doimo katta ochiq. Lekin qarz ishi og‘ir. Agar inson Allohning yo‘lida bir emas, uch marta shahid bo‘lsa ham, qarzini ado qilmagan bo‘lsa, jannatga kira olmaydi. Unday odamning jannatga kirishi olgan qarzining uzilishiga bog‘liq bo‘lib qoladi. Qarzi uzilsa, jannatga kiradi, bo‘lmasa yo‘q.
Chunki qarz bandaning haqqi, bu haqni faqat o‘z egasi kechadi, xolos. Alloh taolo kechmaydi. Qarz olib, uni uzmay yurganlar bu haqiqatni yaxshilab anglab olmoqlari lozim. (“Hadis va Hayot” kitobidan). Vallohu a’lam!
11 May 2022, 05:48 | Savol-javoblar | 206 | Turli savollar