Nafl namozlari

Assalomu alaykum, hurmatli Muftiy hazratlari! Men Allohga shukrki, 5 vaqt namoz o‘qiy boshladim. Endigi niyatim, o‘tmish namozlarim uchun nafl namozlarimniyam o‘qimoqchiman. Menga nafl namozlari haqida ma‘lumot bersangiz! Ya‘ni, qaysi paytda qaysi namoz o‘qiladi va h.k. Javobingiz uchun oldindan tashakkur!
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Namozni boshlaganingiz muborak bo‘lsin! Ulug‘ baxtga sazovor bo‘libsiz!Ba’zi nafl namozlar haqidagi ma’lumotlarni taqdim qilishga ijozat bergaysiz.1. Tahiyyati masjid namozi.Abu Qatoda roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam: «Qachon biringiz masjidga kirsa, o‘tirishdan oldin ikki rak’at namoz o‘qisin», dedilar». Beshovlari rivoyat qilgan.Bu ikki rak’atli namozni, tahiyyati masjid – masjid salomi - namozi deyiladi. Shofe’iy va Hanbaliy mazhabida tahiyyati masjidni qandoq vaqtda bo‘lsa ham; namoz o‘qish makruh yoki imom xutba o‘qiyotgan paytda ham o‘qish kerak, deyiladi.Molikiy va Hanafiy mazhablarida esa, imom xutba o‘qiyotgan bo‘lsa tahiyyati masjid o‘qilmaydi. Shuningdek, Hanafiy mazhabida namoz o‘qish makruh paytlarda ham tahiyyati masjid o‘qilmaydi.Kirishi bilan farz namozni yoki boshqa bir namozni o‘qisa, niyat qilmasa ham tahiyyati masjidning o‘rniga kifoya qiladi.Uzr sababli masjidga bir kunda bir necha bor kiradigan bo‘lsa, bir marta o‘qisa kifoya qiladi.Bu namozning hukmidan masjidul harom istisno qilingan. Ul masjidning tahiyyati tavof bilan bo‘ladi.Masjidga kirganda biror uzr bilan tahiyyati masjid namozini o‘qiy olmasa, «Subhanallohi! Valhamdu lillahi! Va laa ilaha illalloh! Vallohu akbar»ni aytsa kifoya qiladi.2. Shuruq namozi.Muoz ibn Anas al-Juhaniy roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam: «Kim Bomdod namozini o‘qib bo‘lganidan keyin namoz o‘qigan joyida to, choshtgoh namozini o‘qiguncha o‘tirsa. Faqat yaxshilikdan boshqani gapirmagan bo‘lsa, uning xatolari, agar dengiz ko‘pigidan ko‘p bo‘lsa ham mag‘firat qilinur», dedilar».Abu Dovud va Termiziy rivoyat qilgan.Termiziyning lafzida: «Kim Bomdodni jamoat bilan o‘qisa, so‘ngra quyosh chiqquncha Allohni zikr qilib o‘tirsa, keyin ikki rak’at namoz o‘qisa, uning uchun haj va umraning ajridek bo‘lur. To‘liq, to‘liq, to‘liq», deyilgan.Ushbu rivoyatda vasf qilinayotgan namozni Salotush Shuruq – Shuruq namozi ham deyiladi. Shuruq, degani esa quyosh chiqishini bildiradi. Shuruq namozi choshtgoh namozining eng avvalgi vaqtdagi namozidir. 3. Zuho-choshtgoh namozi.Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam: «Kim choshtgoh namozini muhofaza (bardavom) qilsa, uning gunohlari, agar dengiz ko‘pigicha bo‘lsa ham mag‘firat qilinadi», dedilar».Termiziy rivoyat qilgan.Bu namoz ikki rak’atdan sakkiz rak’atgacha bo‘ladi. Ammo Rasululloh sallollohu alayhi vasallam ko‘proq to‘rt rak’at o‘qiganlar. Uning vaqti quyosh nayza bo‘yi ko‘tarilgandan boshlab to zavolga yaqin qolgunchadir. Eng afzal vaqti nahorning to‘rtdan biri o‘tgandan keyindir.4. Tahorat qilgandan keyin o‘qiladigan namoz.Bu namozni shuki vuzu’ – tahoratning shukri ham deyiladi.Uqba ibn Omir al-Juhaniy roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam:«Qaysi bir odam juda yaxshilab tahorat qilsa-yu, qalbi va yuzi ila iqbol qilgan holda ikki rak’at namoz o‘qisa, albatta unga jannat vojib bo‘ladi», dedilar».Abu Dovud rivoyat qilgan.5. Istixora namozi.«Istixora» so‘zi lug‘atda xayrni talab qilish, degan ma’noni anglatadi. Musulmon kishi ikki ishdan qaysi birini qilishini bilmay qolganda, xayrlisini tanlash uchun Istixora namozi o‘qiydi. Bu namozni har bir muboh ishdan oldin o‘qish mustahabdir. Jobir roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam bizga hamma ishlarda istixora qilishni xuddi Qur’ondan surani ta’lim bergandek ta’lim berar edilar. U zot:«Qachon biringiz bir ish qilmoqchi bo‘lsa, farz namozdan boshqa ikki rak’at namoz o‘qisin. So‘ng, Ey, bor Xudoyo! Albatta, men Sendan ilming ila istixora qilaman. Sening qudrating ila qudrat so‘rayman. Sendan ulug‘ fazlingdan so‘rayman. Albatta, Sen qodir bo‘lursan, men qodir bo‘lmasman. Sen bilursan, men bilmasman. Sen g‘ayblarni o‘ta yaxshi biluvchi zotsan. Ey, bor Xudoyo! Agar ushbu ish menga dinimda, maoshimda va ishim oqibatida yaxshi ekanligini bilsang (yoki hozirgi ishimdayu, kelgusida) uni menga taqdir qilgin, menga oson qilgin, so‘ngra uni men uchun barakali qilgin. Agar ushbu ish men uchun dinimda, maoshimda va ishim oqibatida (yoki hozirgi ishimdayu kelgusida) yomon ekanligini bilsang uni mendan burib yubor, meni undan burib yubor. Va menga qaerda bo‘lsa ham yaxshilikni taqdir qil. So‘ngra meni unga rozi qil, desin va hojatini aytsin», dedilar».Beshovlaridan faqat Muslim rivoyat qilmagan.Ushbu namozni o‘qigandan keyin mazkur ish haqida o‘ylamay, Alloh ixtiyor qiladigan narsani kutib yuradi. Keyin ko‘ngliga tushib, o‘ziga ma’qul bo‘lib qilgisi kelib qolsa qiladi. Bu haqda tush ko‘rishi ham mumkin. Agar ish bir tarafga bo‘lmay turib qolsa istixora namozini yana qaytadan o‘qiydi. Qayta o‘qish etti martagacha bo‘ladi. Istixora namozining birinchi rak’atida «Fotiha» surasidan keyin «Kofirun» surasini, ikkinchi rak’atda «Ixlos» surasini o‘qiydi.6. Tasbihlar namozi.Ibn Abbos roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Abbos ibn Abdulmuttalibga:«Ey, Abbos! Ey, amaki! Senga ato beraymi? Senga marhamat qilaymi? Senga lutf ko‘rsataymi? Seni o‘nta xislatli qilib qo‘yaymi? Qachon sen o‘shalarni qilsang, Alloh seni gunohingni; avvalgisi-yu oxirgisini, qadimgisi-yu yangisini, xatosi-yu, qasddanini, kichigi-yu kattasini, sirini-yu oshkorini mag‘firat qiladi. O‘sha o‘n xislat; to‘rt rak’at namoz o‘qimog‘ing. Har rak’atda fotihai kitobni va bir sura o‘qiysan. Qachon birinchi rak’atda qiroatdan forig‘ bo‘lsang, turgan holingda: «Subhanallohi Valhamdu lillahi Valaa ilaha illalohu Vallohu akbar» deb o‘n besh marta aytasan. So‘ng ruku’ qilasan va ruku’da turgan holingda ularni o‘n marta aytasan. So‘ngra ruku’dan boshingni ko‘tarib o‘n marta aytasan. Keyin sajdaga yiqilasan va ularni sajda qilgan holingda o‘n marta aytasan. So‘ng boshingni sajdadan ko‘tarib, ularni o‘n marta aytasan. Keyin sajda qilib yana o‘n marta aytasan. So‘ng boshingni ko‘tarib (o‘tirib) ularni o‘n marta aytasan. Ana o‘sha bir rak’atda etmish beshtadir. Buni to‘rt rak’atda ham qilasan. Agar, bu namozni har kuni o‘qiy olsang, shuni qil. Agar qila olmasang, har jumada bir marta. Agar uni ham qila olmasang, har oyda bir marta. Agar uni ham qila olmasang, har yili bir marta. Agar uni ham qila olmasang, umringda bir marta», dedilar».Boshqa bir rivoyatda: «Agar sen er ahlining eng katta gunohkori bo‘lsang ham, albatta, u ila senga mag‘firat qilinur» degan jumla ziyoda qilingan. Abu Dovud rivoyat qilgan.Termiziyning iboratida: «Agar gunohlaring qumtepa mislicha bo‘lsa ham, Alloh ularni sendan mag‘firat qiladi», deyilgan.Ushbu hadisni Abu Dovud va Termiziydan boshqa, Ibn Moja, Bayhaqiy, Ibn Xuzayma, al-Hokim, Ibn Hibbon, Ibn Muborak, Tabaroniy, al-Xatib, al-Ojuriy, Abu Sa’id as-Sam’aniy va Abu Muso al-Mananiy va Imom Buxoriy «Juzul Qur’on»da, rivoyat qilgan.Ibn Abus Sayf al-Yamaniy «al-Lam’a fii rag‘oyibi yavmil Juma» kitobida Termiziyning quyidagi gaplarini keltiradi: «Tasbihlar namozini Juma kuni zavol paytida o‘qimoq mustahabdir. Birinchi rak’atda «Fotiha»dan keyin «Takasur»ni o‘qiydi, ikinchisida «Val Asr»ni uchinchisida «Kofirun»ni, to‘rtinchisida «Ixlos»ni»deb turib oxirida o‘qiydigan qo‘shimcha duoni ham keltirgan.Abu Usmon al-Xayriy az-Zohid: «Qiyinchiliklar va g‘am g‘ussalar uchun Tasbihlar namozidan yaxshi narsa ko‘rmadim», degan. 7. Hojat namozi. Abdulloh ibn Abu Avfo roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam: «Kimning Allohga va Bani odamdan birortasiga hojati bo‘lsa, yaxshilab tahorat qilsin, so‘ngra ikki rak’at namoz o‘qisin. Keyin Allohga sano va Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamga salovat aytsin. So‘ngra: «Haliymu Karim Allohdan o‘zga hech ilohi ma’bud yo‘q. Ulug‘ Arshning Robbisi Alloh pokdir. Olamlarning Robbisi Allohga hamdlar bo‘lsin. Men Sendan: rahmatingni vojib qiluvchi, mag‘firatingni taqozo qiluvchi narsalarni va har bir yaxshilikdan g‘aniymatni, har bir yomonlikdan salomatni so‘rayman. Mening hech bir gunohimni qo‘ymay mag‘firat qilgin, hech bir g‘amimni qo‘ymay kushoyish qilgin, O‘zing rozi bo‘lgan hech bir hojatimni qo‘may, albatta, chiqargin. Ey, Arhamar Rohimiyn», desin», dedilar».Termiziy va Ibn Moja rivoyat qilgan. Alloh biluvchi.Imom Ibn Hajar bu namozni Shanba kuni sahar o‘qib, talabi hojat qilish mandubdir, chunki Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam, kim shanba kuni ertalab talabi hojat qilsa, talabi hal bo‘ladi. Uning hojati ravon bo‘lishiga men zominman, deb marhamat qilganlar, degan.Albatta, duoning arabcha matnini yodlab olgan yaxshi.8. Tavba namozi.Ali roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Men qachon Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan bir hadis eshitsam, Alloh menga undan O‘zi xohlaganicha naf’ beradigan odam edim. Qachon U zotning sahobalaridan biri menga hadis aytsa, men undan (gapi to‘g‘riligiga) qasam ichishni talab qilar edim. Agar u qasam ichsa (gapini) tasdiq qilar edim. Albatta, sha’n shulki, menga Abu Bakr bir hadis aytdi. Zotan u sodiqdir: «Men Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning, qaysi bir odam gunoh qilib qo‘yib, so‘ngra turib, tahorat qilib namoz o‘qisa, keyin Allohga istig‘for aytsa, albatta, Alloh uni mag‘firat qiladi», deganlarini eshitdim. So‘ngra U zot: «Ular qachon fahsh ish qilsalar yoki o‘zlariga zulm qilsalar, Allohni eslarlar va gunohlariga istig‘for ayturlar» oyatini qiroat qildilar», dedi».Termiziy va Abu Dovud rivoyat qilgan.Aslida tavba namozsiz ham xohlagan paytda bo‘lishi matlub. Lekin namoz ila bo‘lgani kuchli va qabuli osondir. Namoz mo‘minning silohi, deyilgani ham shundan. Mo‘min kishi namoz ila har qanday qiyin narsaga ham osonlik bilan erisha oladi. Ojiz banda gunoh ish qilib qo‘ysa, iymoni uni darhol tavbaga chorlashi zarur. Qilib qo‘ygan gunohining afsusida qolgan mo‘min inson darhol tahorat qilib tavba namozi niyati ila ikki rak’at namoz o‘qib olishga o‘tmog‘i lozim. U gunohiga nadomat qilib, namozida chin qalbdan tavba qilib, Allohga roz aytib, ikkinchi bu gunohni qayta qilmaslikka qat’iy ahd qilsa, Alloh taolo uning gunohini mag‘firat qiladi.9. Ovvobiyn namozi.Bu namoz Shom namozidan keyin o‘qiladi va olti rak’at bo‘ladi. Avval to‘rt, keyin ikki rak’at yoki ikki rak’atdan qilib o‘qiladi.Alloh taolo «Isro» surasida:«Albatta, U zot ovvobiynlarni mag‘firat qiluvchidir», degan (25-oyat).Imom Tabaroniy Ammor ibn Yasir roziyallohu anhudan rivoyat qilgan hadisda:«Kim Shomdan keyin olti rak’at o‘qisa, gunohlari mag‘firat qilinur, agar dengizning ko‘pigicha bo‘lsa ham», deyilgan.10. Tahajjud namozi.Bu namozning ozi ikki, ko‘pi sakkiz rak’atdir.Alloh taolo: «Kechasida tahajjud (namozi) qil. Senga nofila bo‘lur. Shoyadki, Robbing seni maqomi mahmudda tiriltirsa», degan.Ushbu oyat ila tahajjud namoziga targ‘ib qilish Qur’onda kelgani eslatilmoqda. Kechasi bir uxlab turib o‘qiladigan namozni tahajjud namozi, deb ataladi. Shuningdek, bu namozni qiyom namozi, deb ham aytiladi. Avval boshida bu namoz vojib bo‘lgan edi. Bir yilchadan keyin vojibligi nasx qilingan.Abu Umoma roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam: «Sizlarga kechaning qiyomi lozimdir. Chunki, u sizlardan oldingi solihlarning odatidir. U Robbingizga qurbatdir. U yomonliklarga kafforotdir. U gunohlarni qaytaruvchidir», dedilar».Boshqa bir rivoyatda: «U jismdan dardni quvuvchidir» ham deyilgan.Termiziy, Ahmad va al-Hokim rivoyat qilgan.
20 Aprel 2022, 19:03 | Savol-javoblar | 61
|
Boshqa savol-javoblar