Qurbonlik keltirish
Assalomu alaykum! Qurbon xayiti munosabati bilan qurbonlik keltirish maqsadida, bir qancha sabablarga ko‘ra, uyga qassob chaqirish xizmatidan foydalanaman. Ammo, xozirda karantin munosabati bilan qassoblar o‘zlarining uyida (yoki boshqa biron joyda) jonivorni so‘yib, olib kelib berishayotgan ekan. Savol shundaki, o‘zining uyida bo‘lmagan xolda qurbonlik keltirsa bo‘ladimi? Bunday qilish joiz bo‘lsa, uning savobi o‘sha joyda qoladimi, ya’ni, masalan, o‘tganlarga atab so‘yiladigan jonivorning savobi etib boradimi o‘tganlarga?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Shariatimizda puli nisobga etgan kishi qurbonlik qilishi vojib hisoblanadi. Bu qilinishe kerak bo‘lagan ish. Agar qilinmasa gunoh bo‘ladi. Uni qaerda qilinishining farqi yo‘q. Dinimizda o‘tganlarga atab jonliq so‘yish degan narsa yo‘q. Balki qilingan amallarning savobini o‘tganlarga bag‘ishlash bor. Qurbonlik qilishi vojib kishi uning savobini o‘tganlarga bag‘ishlamaydi, chunki bu zimmasidagi vazifasidir. Balki boshqa bir jonliqning o‘tganlarning nomidan so‘yib, o‘shaning savobini ularga bag‘ishlaydi. Vallohu a’lam!
11 May 2022, 05:57 | Savol-javoblar | 166 | Islam