Safarda namozlarni qasr o‘qish

Assalomu alaykum! Denovlikman. Toshkent shaxrida korxonada bosh xisobchi lavozimida ishlayman va xozirda doimiy yashayman. Toshkent bilan Denov oralig‘i taxminan 800-900 kmni tashkil etadi. Ota-onamni va oilamni ziyorat qilish maqsadida safar niyat qilib Toshkent shaxridan Denov tumaniga yo‘lga chiqqan vaqtimdan to 2-3 kun Denov tumanida bo‘lib turgan vaqtimda va to Toshkent shaxriga qaytib kelgan vaqtim oralig‘idagi namozlarimni qasr qilib o‘qiymanmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Denovda uyingiz bo‘lsa siz yo‘lda qasr qilasiz, Denovda to‘liq o‘qiysiz. Agar denovdan 15 kecha kunduzdan uzoq muddatni niyat qilib Toshkenga kelsangiz Toshkenda shaxsiy uyingiz bo‘lmasa yo‘lda qasr qilib, Toshkenda ham to‘liq o‘qiysiz. 15 kecha kunduzdan oz muddatga kelsangiz Toshkenda shaxsiy uyingiz bo‘lmasa yo‘lda ham Toshkenda ham qasr o‘qiysiz. Vallohu a’lam!

11 May 2022, 06:17 | Savol-javoblar | 156 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar