Elektr xisobchi xisoblagichni "to‘g‘rilab beraman" desa

Assalomu alaykum! Uyimizga elektr xisoblagich keldi. Elektr taxminan 600 so‘m ishladi, mayli sen 400so‘m ber qoganini o‘zim to‘g‘irleyman dedi. Dadam 400so‘m berdi. Shunda elektrchi javobgar bo‘ladimi yoki ikkalasi xammi? Men dadamga bu xato qildiz deyapmanu lekin “xa svetchi o‘zi aytdi” deyishi mumkun dadam.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Aslida o‘sha hisoblagichni noto‘g‘rilab beruvchilar juda ko‘p hollarda noto‘g‘ri gapirishadi. Masalan bo‘lgan voqea, bir do‘stimizni uyiga o‘shalar kelib oiladagi ayollarga to‘lov miqdori bir milion bo‘lganini aytishibdi. Agar 300.000 bersa qarzni yopib berar ekan. Yana 300.000ni bankka to‘lash kerak ekan. Shunda qolgan 400.000ni “to‘g‘rilab” berishini aytgan ekan. RayGazga borilsa aslida ularni qarzi 290.000 ekan. Qayta qayta tekshirtirib so‘rasa 290.000ligi aniq bo‘lib chiqdi. Unday bo‘lmagan taqdirda ham kelishish ishi omma xalqdan o‘g‘irlash hisoblanadi. Vallohu a’lam!

11 May 2022, 06:17 | Savol-javoblar | 161 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar