Ayol kishi erining mulkimi?

Assalomu alaykum! Erkak kishi o‘z ayolini sen mening mulkimsan deyishligi, ayoliga o‘zining shaxsiy mulki nazarida qarashligi qanchalik to‘g‘ri? Maxr, qalin, sut pullarini bergandan so‘ng ayol kishi erining mulki xisoblanar emish, islom dinidan bu xaqida nima deyilgan? Keyingi savolim, agar ayol kishi ishlaydilar bo‘lsa, ishxonasini xo‘jayinlariga, ular oylik maosh to‘layotgani uchun xam, qancha noxaqliklar bo‘lsa xam indamasligi kerak ekan, sabab ular bu ayolga rizq berayotgan ekan. Oilada xam shunday emish. Oilaning erkagi ko‘chadan farzandlarini, ayolini rizqini terib kelayotgani uchun, ayol o‘ziga qilinayotgan barcha noxaqliklarga ko‘z yumishi va ovozini chiqarmasligi kerak ekan. Xamma narsaga chidashiga majbur ekan, chunki er uni rizqini topib kelayotgan ekan. Bu qanchalik to‘g‘ri fikr?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Erni ham boshliqni ham bu tushunchalari shariatimizda mutlaqo to‘g‘ri emas. Erlar ayollarni imkon qadar shariat ahkomlarini zo‘r bilishlariga imkon qilib berishlari kerak. Chunki farzandlar ilk ilm va tarbiyani onadan olishadi. Cho‘rining bolasi cho‘ri, qulning bolasi qul bo‘ladi. Hur, ilmli, tushunchasi to‘g‘ri, aqiydasi mustahkam ayolning ham farzandi hur, aqiydasi sog‘lom, tushunchasi etuk farzand bo‘ladi. Vallohu a’lam!

4 May 2022, 23:51 | Savol-javoblar | 178 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar