iltimos, Shayh janoblari, javobsiz qoldirmang, juda zorman maslahatingizga

Assalomu aleykum Shayx janoblari! Sizdan so‘ramoqchi bulgan masalam shudir: Men, Alxamdu lillox, 2005 yil dekabrda turmush kurib shu kunga kadar tinch, totuv yashab kelmokdaman. Turmushimni dastlabki kunlarida gapdang‘gap chikib turmush urtogim bilan bir mavzuda yaxshi suhbatlashib turgan edik va unga men talok masalasida tushuntirishlar bergan edim. Ya’ni bu taloq nima o‘zi, qanday xolatda va qay tarzda amalga oshirilishi haqida gap yuritgan edim. Shu payt, ko‘nglim g‘asht bo‘lib, yangi kelin-kuyov bo‘lib turib, nimaga o‘zi bu mavzuda gaplashyapman deb, mavzuni yakunladim. Keyin o‘zimga kelib, axir buni zarari yo‘q-ku, men turmush o‘rtog‘imga taloq demadim-ku, faqat bu mavzuda suhbat yuritdim-ku deb o‘zimni tinchlantirdim. Mana turmushimni 4-yili ketayotgan bir vaqtda endi farzandli baxtiga muyassar bo‘ldim, lekin xursandchilikni to‘la xis etmoqchi bo‘lgan bir vaqtda meni yana o‘sha yuqoridagi masala qiynashni boshladi, ya’ni o‘shanda taloq gapini xotinimga etganmidim yoki shu mavzuda faqat suhbat yuritganmidim degan shubha. Turmush o‘rtog‘imdan so‘rasam, u ushandagi aniq qanday gapdan-gap chiqqanini eslay olmadi, lekin kimnidir misolida taloq qilish qanday amalga oshirilishini tushuntirganimni aytib, menga xazillashib ham jiddiy ham taloq qo‘ymagansiz dedi. Ko‘nglimni to‘q qilish maqsadida ilmi bor insondan, ya’ni bir masjid imom-xatibi bilan maslahat qildim. U menga, agar taloq masalasini tushuntirish nuqtai nazarida gap yuritilgan bo‘lsa, buni zarari yo‘q dedi. Shunda men undan: man taloq masalasida suhbat yuritganimni endi esladim, lekin shuncha yil avval bo‘lgan masala yuzasidan shubhamni endi bartaraf qilgan bo‘lsam,buni zararari yo‘qmi - deb so‘rasam, kechi yo‘q dedi. Shu sababli sizdan maslahat so‘ramoqchi bo‘lib, ushbu murojaatimni yubormoqdaman. Mundoq fikr yuritsam nikox bekor bo‘lishi uchun taloq bo‘lishi kerak, taloq bo‘lmagandan keyin nikox ham yangilanishi shart emas-ku, lekin shuncha payt shubhalanib yurib, oxiri turmush o‘rtog‘im: "Yo‘q siz meni jiddiy ham xazil bilan taloq qilmagansiz, faqat shu to‘g‘risida suhbatlashib uchinchi shaxs misolida tushuntirgansiz"-degan gapi nikoxim yangilanishini talab qilmaydi, lekin ikkinchi tomondan shuncha vaqt o‘tib, endi bu masalada ilmi bor inson bilan maslahat qilib javob olganim kech emasmi? Xuddi mavjud taxoratda shubxalansa, boshidan taxorat olish lozimga o‘xshab, mavjud nikoxda shubxalanish ham uni yangilashni talab qilmaydimi? Sizni fikrizni eshitish men uchun juda zarur, chunki men turmush o‘rtogim bilan juda axil, ko‘z tegmasin, baxtli xayot kechirib kelmoqdaman, Alloxni roziligi esa menga bundan ustun, axir meni shubham oqibatida va uni bartaraf qiluvchi ma’lumotlarni faqat 3-4 yil o‘tgandan so‘ng anglaganim nikoximni xaqiqiy emas bo‘lib qolishiga olib kelgan bo‘lsa, men gunoxkor bo‘lib qolaman va turmush o‘rtog‘imni gunoxiga sababchi bulaman degan qo‘rquv va o‘y menga xech tinchlik bermayapti. Iltimos kengroq qilib javob bering. Oldindan katta raxmat!
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Vasvasaga berilish kerak emas. Bo‘lmagan narsani qayta-qayta qo‘zib nima qilasiz?!

30 Aprel 2022, 06:57 | Savol-javoblar | 174 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar