Gano shifo faoliyati

Assalomu alaykum! Men yaqinda O‘zbekistonda 7 yildan buyon faoliyat yuritayotgan Malayziyaning Gano Excel kompaniyasining respublikamizdagi hamkori Gano Shifo tashkiloti bilan hamkorlikni boshladim. Hozirda ushbu tashkilotning hamkorlari juda ham ko‘payib bormoqda. Chunki, faoliyatim mobaynida yaqinlarimning oilalariga sog‘lik bilan bir qatorda moddiy jihatdan farovonlik ham olib kirilishida ishtirok etyapman.
Iymonim komilki, ushbu muassasa faoliyati bo‘yicha siz azizlarga bir necha marotaba murojaatlar kelib tushgan. Mazkur faoliyatni ushbu murojaatimda batafsil yoritib berish imkoniyati yo‘q. Sizlardan iltimosim shuki, agar avval uning faoliyati to‘g‘risida xabardor bo‘lmagan bo‘lsangiz, Allohning roziligi uchun, chuqur o‘rgangan holda mazkur faoliyatni ribo yoki boshqa harom amallarga xos yoki xosmasligi nuqtai nazaridan tahlil qilib bersangiz cheksiz minnatdor bo‘lar edim.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Avvalida bizga ham ularning faoliyatida biror noshar’iylik ko‘rinmagan edi. Ularga bog‘lanib, faoliyati bilan yaqindan tanishganimizdan keyin bu ish yolg‘on ustiga qurilganligi ma’lum bo‘ldi. Vallohu a’lam! https://info.islom.uz/iqtisod/item/23-tarmoqli-marketingdagi-10-khil-jolgon.html

21 Aprel 2022, 11:59 | Savol-javoblar | 182 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar