Yotoqxonada tayammum

Assalomu alaykum! Kvartiramizda suv soat 6dan keyin keladi, bir nechtamiz kv.da; taxoratimizga etarli suv saqlab qo‘yamiz (kechasi 23:00ga yaqin o‘chadi). Ertalab junublik etsa(bomdod 5:08da chiqadi). G‘usl qilishga sharoit yo‘q(ya’ni suv yo‘q bo‘lgani uchun), tahorat qilishga bor. Man shu xolatta junublikdan chiqish uchun tayammum qilib keyin namoz uchun tahorat olib, namoz o‘qisam bo‘ladimi? Yoki suv kelishini kutib, g‘usl qilib keyin qazosini o‘qib olamanmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bo‘lmaydi. G‘uslni ham hisobini olib, idishlarga suv olib qo‘yinglar. Musulmon odam ibodatlarda ziyrak va himmatli bo‘lishi kerak. Vallohu a’lam!

11 May 2022, 07:00 | Savol-javoblar | 158 | Ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar