Mulkida bo‘lmagan narsani sotish

Assalomu alaykum! Biz qurilish mollari sotamiz. Bizda skladimizda mol yo‘q. Pul tikib tovar sotib olib skladimizga qo‘ymaymiz. Bozorda sotiladigan narsalarni internetga reklama berib mijoz jalb qilamiz. Masalan bir mijoz telefon qilib qizil kraska bormi sizlarda deydi. Bizda yo‘q bo‘lsa xam bozorda bo‘lgani uchun xa bor deymiz. Bozordagi tanishdan kraska xaqida so‘rab narxini bilib o‘zimizni ustamani qo‘yib xaridorga narx beramiz xaridorga narx maqul kelsa shartnoma tuzamiz. Pulni bankdan o‘tkazadi va pul xisobimizga tushganidan keyin, bozordan kraskani sotib olib kelib xaridorga taqdim qilamiz. Xullas bizda yo‘q bo‘lgan narsaga bozorda boshqa odamning do‘konida turgan narsaga narx berib xaridordan oldindan pul olib pul o‘tkazganizdan so‘ng bir ikki kunda olib ketasiz deymiz. Mijoz shunga rozi bo‘lib pul to‘laydi, lekin u bizda tovarni yo‘qligini pul tushgandan keyin bozordan olib kelishimizni bilmaydi. Tovar o‘zida bor deb o‘ylaydi, sababi biz bizda bo‘lmasa xam xa bor deb aytamiz. Shu masalaga oydinlik kiritib bersangizla. Bunay savdo mumkinmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Vaalaykum assalom! Sizni bu ishingiz hadisga zid. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam “Huzuringda bo‘lmagan narsani sotma” deganlar. Siz “Huzurimizda yo‘q bo‘lsa ham topib sizga etkazib beramiz” deb ayting. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 04:32 | Savol-javoblar | 151 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar