Merosdan haqi

Assalomu alaykum! Biz oilada 3 farzandmiz. opam, men(o‘g‘il), singlim. xammamiz oilalikmiz. ota-onamdan meros uyda men yashayman, lekin shu uyda opam va singlimni xam ulushi bor. lekin ular buni xech qachon so‘rashmagan. ammo ikkovini xam moddiy jixatdan extiyoji bor. lekin opam va singlimga meros xaqqini pul bilan to‘lay desam menda imkoniyat yo‘q. ular so‘ramasa, men ularga meros ulushini berolmasam, qiyomatda men ularni xaqqini bermagan bo‘lib ziyonda bo‘lamanmi? shu xolatda qanday yo‘l tutish kerak?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Haqqini bermagan bo‘lasiz. Shuning uchun chaqirib, hissalarini aniqlatib, hech bo‘lmasa biror bir narsani qo‘liga bering (taxoruj)merosdan chiqdim deb aytishsin. Vallohu a’lam!

11 May 2022, 02:14 | Savol-javoblar | 146 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar