Qarz olib bermaydiganlar
Assalomu alaykum! Mendan bir tanishimni qarzi bor edi yaqinda 1 yil bo‘ladi qarz bo‘lganiga, doim qarzini so‘rasam xozir yo‘q bo‘lsa albatta beraman dib doim boxona qiladi, lekin aniq bilaman topishi yahshi moshinalari ham bor, faqat berishni istamaydi huddi ustimdan kulganday qilib pulim yo‘q bo‘lsa beraman diydi holos. Shunga dinimiz qanday yo‘l tutishimni ko‘rsatadi, agar u pulni so‘rab yuraverib olmasam qiyomatda bunga o‘zim javob beramanmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bu sizning haqqingiz. Uni imkoningizda bor yo‘llar bilan talab qilishingiz mumkin. Agar bermasa ahvoli og‘ir bo‘ladi. Imkoni bo‘la turib qarzni qaytarib bermasa, bu zulm hisoblanadi. عَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ رَضِي اللهُ عَنْهُ عَنِ النَّبِيِّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: مَطْلُ الْغَنِيِّ ظُلْمٌ. رَوَاهُ الْخَمْسَةُ Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam boyning (zimmasidagi haqni) bermay yurishi zulmdir», dedilar».
Beshovlari rivoyat qilishgan.
Sharh: Moddiy imkoni bor odam o‘z zimmasidagi moliyaviy burchni ado etmay yurishi zolimlikdir. U bu bilan haqdorlarga ham, o‘ziga ham zulm qiladi. Haqdorlar undan o‘z vaqtida haqlarini ola bilmay zulmga uchraydilar. O‘zi esa bu ishi bilan gunohga botib, o‘ziga zulm qilgan bo‘ladi.
Imom Shofe’iyning hukmlari bo‘yicha, agar boy kishidan mazkur ish ikkinchi marta takror bo‘lsa, uning guvohligi qabul qilinmaydi. Ya’ni, jamiyatdagi ishonchsiz kishilar qatoriga qo‘shilib qoladi.
Ushbu tushuncha unutilganidan jamiyatlarimizda boylar, imkoni bor odamlar birovning haqini bermay yurishi keng tarqalgan. Agar biror marta falonchi o‘z zimmasidagi haqni vaqtida ado etmagani uchun uni ishonchsiz kishi, deb e’lon qilinsin, degan hukm chiqqanida edi, darhol hamma o‘zini o‘nglab olgan bo‘lar edi.وَلِلْبُخَارِيِّ وَأَحْمَدَ وَالنَّسَائِيِّ: لَيُّ الْوَاجِدِ يُحِلُّ وَعِرْضَهُ وَعُقُوبَتَهُ Buxoriy, Ahmad va Nasaiy qilgan rivoyatda:
«Topganning bo‘yin tovlashi uning obro‘sini (to‘kishni) va uqubatini halol qiladi», deyilgan».
Sharh: Aslida, shariat bo‘yicha birovning obro‘sini to‘kish, azoblash harom. Ammo imkoni bo‘lib turib birovdan olgan qarzini bermay yurgan odamning obro‘sini to‘kish ham, azoblash ham halol bo‘lib qolar ekan.
Shuning uchun hukumat uning guvohligini qabul qilmaslik haqida qaror chiqaradi. Musulmonlikda bu ish eng katta obro‘sizlik bo‘lib, undoq odamni qamashga ham buyuriladi. Bu hol o‘zi uchun ham, boshqalar uchun ham eslatma, tanbeh bo‘ladi. وَلِلنَّسَائِيِّ: وَالَّذِي نَفْسِي بِيَدِهِ لَوْ أَنَّ رَجُلًا قُتِلَ فِي سَبِيلِ اللهِ، ثُمَّ أُحْيِيَ ثُمَّ قُتِلَ، ثُمَّ أُحْيِيَ ثُمَّ قُتِلَ وَعَلَيْهِ دَيْنٌ مَا دَخَلَ الْجَنَّةَ حَتَّى يُقْضَى عَنْهُ دَيْنُهُ Nasaiy qilgan rivoyatda:
«Mening jonim qo‘lida bo‘lgan Zot ila qasamki, agar bir kishi Allohning yo‘lida qatl qilinsa, so‘ng tiriltirilsa, yana qatl qilinsa va tiriltirilsa, so‘ng yana qatl qilinsa-yu, uning zimmasida qarzi bo‘lsa, qarzi ado etilmaguncha jannatga kirmas», deyilgan.
Sharh: Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning qasam ichib turib aytishlari ham bu ish qanchalik ahamiyatli ekanligini ko‘rsatadi.
Alloh taoloning yo‘lida shahid bo‘lish qanchalik ulug‘ maqom. Shahid uchun jannat eshiklari doimo katta ochiq. Lekin qarz ishi og‘ir. Agar inson Allohning yo‘lida bir emas, uch marta shahid bo‘lsa ham, qarzini ado qilmagan bo‘lsa, jannatga kira olmaydi. Unday odamning jannatga kirishi olgan qarzining uzilishiga bog‘liq bo‘lib qoladi. Qarzi uzilsa, jannatga kiradi, bo‘lmasa yo‘q.
Chunki qarz bandaning haqqi, bu haqni faqat o‘z egasi kechadi, xolos. Alloh taolo kechmaydi. Qarz olib, uni uzmay yurganlar bu haqiqatni yaxshilab anglab olmoqlari lozim. (“Hadis va Hayot” kitobidan). Vallohu a’lam!
11 May 2022, 07:33 | Savol-javoblar | 169 | Turli savollar