Bolaning sura yodlashi

Assalomu alaykum! Farzandim 4 yoshda. 2 yoshida kalima va Bismillahni yodlagan. Hozirda suralardan faqat Ixlos surasini va Yosinning boshidagi 6-7 oyatini ham biladi. Hozir Fotiha surasini yodladishga urinyapman. Xotirasi yaxshi, hatto men ish qilayotganimda "Yosin", " Ar-Rohman"ning mp3 variantini eshitsam ba’zi oyatlarini yodlab qoladi. Lekin muammo uning nutqida. U R harfini ba’zida Y, ba’zida L deb talaffus qiladi. Bismillahdagi barcha R harflarini aytolmaydi. Fotihani yodladayotganimda ham barcha "r"li so‘zlarini noto‘g‘ri aytyapti. Men unga suralarni yodladishda davom etaverishim kerakmi? Yo nutqi to‘liq va mukammal bo‘lmagunicha yodlamay turgani yaxshimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Ko‘p ko‘p eshitsin. Birorta mutaxassis oldiga borsangshiz tezda R ni chiqarishni ham o‘rgatib qo‘yadi. Vallohu a’lam!

3 May 2022, 00:42 | Savol-javoblar | 153 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar