Qilgan ishim kibrga kiradimi?

Assalomu alaykum, hurmatli Shayx Hazratlari! Ustoz bir kun do‘stlarim bilan ko‘rishganimda ularni ichimlik ichayotganlariga to‘g‘ri keldim. Ular qadah (piyola ) yo‘qligi sababli bitta idishdan 3-4 kishi (baklashka og‘zi bilan ) ichishayotgan ekan. Shunda menga ham ichimlik taklif qilishdi, tabiiyki men rad etdim. Shunda ular bir ovozdan (senda kibr bor, nima biz kasalmizmi?) degan gaplar qilishdi. Men bu mening mo‘minlik tabiatimga to‘g‘ri kelmasligini, hamda bu odobga ham, tibbiy ko‘rsatmalarga ham mos tushmasligini aytdim. Ustoz qilgan ishim kibrga kiradimi?
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Kibrga kirmaydi.

26 May 2022, 18:43 | Savol-javoblar | 151 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar