Tijorat qarz
Assalomu alaykum! Bu sotuvchi va oluvchi o‘rtasidagi qarz muammosi yurtimizning ko‘pgina ulgurji bozorlarida kelishmovchiliklarga sabab bo‘lmoqda. Qarzdor so‘mga nasiyaga olgan mol pulini kelishilgan muddatda qaytarmaydi. Shu vaqt oralig‘ida dollar narxi juda tez ko‘tarilib keta boshladi. Shunda qarz bergan kishi qarzdor bilan kelishib, “qarzingi keyinrok bo‘lib-bo‘lib berasan, faqat bugungi kurs bo‘yicha hisoblab so‘mdagi qarzni dollarga aylantirib qo‘yamiz” deb kelishgan.
1). Shu kelishuv shariatga xilof emasmi?
2). Aynan shunaqa holatda qarzdor so‘mdagi qarzini dollarga aylantirishga qarshi, ammo qarz bergan kishi “vaqtida bermaganing uchun men zarar ko‘rayapman” deb qarzdorning norizoligiga qaramasdan dollarga hisoblashi mumkinmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! 1). Pul infilyatsiyaga uchragan vaqtda qarz berilgan muddatdagi tillo yoki kumushning qiymatiga qarab narx chiqariladi. 2). Kelishib, tilloga hisoblashi mumkin. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 09:36 | Savol-javoblar | 154 | Moliya va tijorat