7 yilda topgan farzandim bilan tashlab ketdi

Assalomu alaykum! Bu savolni bir opamiz nomidan beryapmiz. "Turmush qurgandan so‘ng 7-yildan so‘ng Allohning fazli ila farzandlik bo‘ldik (oilaviy muammolar ya’ni qaynona kelin muammosi ham bo‘lgan va erimda uzurlik bo‘lgan edi) farzandim tug‘ilganidan so‘ng 15 kun o‘tib Moskvaga ketib qolgan. Orada farzandimga pul jo‘natib turgan ammo o‘zimga xich aloqaga chiqmagan. Uch yil o‘tganidan so‘ng qaynonam uyiga oldin uchratgan bir qiz 1.5 yashar qizchasi bilan kelib kelin uyimga joylashib olibdi. Aytishicha erim bilan moskvada nikoh o‘qitgan ekan(qizchani bilmayman nikohdan oldinmi keinmi bo‘lganini). 1) Erim bilan nikohim bormi? 2) Erimni yuqorida eslatib o‘tilgan ayol bilan nikohi xaqiyqimi? Ya’ni menga na taloq bermastan, menga habar ham bermastan oila qurgani. 3) bu vaziyatda shariatga muvofiq haqimni, o‘g‘limning haqini so‘rasam bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! 1). Eringiz taloq yoki taloqqa dalolat qiladigan gaplarni aytmagan bo‘lsa orangizda nikoh bor.2). Agar nikohni shartlari topilgan bo‘lsa nikohlari bor. Eringiz boshqasiga uylanish uchun sizga taloq yoki xabar berishi shart emas.3). Bu vaziyatda janjal bilan talog‘ingizni olib siz ham kimgadir ikkinchi yoki uchinchi xotin bo‘lishni xohlamasangiz nima qilib bo‘lsa ham oilani saqlab qolishingiz kerak bo‘ladi. Vallohu a’lam!

10 May 2022, 11:23 | Savol-javoblar | 184 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar