Ota bilan moliyaviy munosabatlar
Assalomu alaykum! Ota onam taqdir taqazosi bilan ajrashib ketishgan. Otam aroq ichib qimor o‘ynardi onam oxirigacha sabr qildi, ammo otam aroq ichib uch taloq deb aytgandan keyin ajrashib ketishdi. Men o‘zim chet elda ishlayman ota onam alohida turganligi bois ularga teng miqdorda mablag‘ jo‘nataman(oylik ehtiyojlarini bemolol qondiradi). Biroq, Onam namozxon va o‘zini ehtiyoji hamda hayriyaga sarf qiladi. Otam esa aroq, qimor o‘yinlariga sarf qilib yuboradi. Men farzandning mablag‘i ota-onaniki ekanligi hamda ular istalgancha olishlari mumkinligini bilaman, biroq otam oylik mablag‘dan ko‘proq(ancha) berishimni aytib kelmoqda. Men esa bergan mablag‘im(halol) haromga ketishini va bu mablag‘lar otamning yanada gunohlarini ko‘paytirishini o‘ylab otamning talabini qondirmay kelyapman. Otamning uyining barcha kommunal, soliq harajatlarini ham onam orqali to‘lab kelmoqdaman. O‘zim hali uylanmaganman va uy joyim ham yo‘q. Shunda men otamning talabini qondirmasam gunohkor bo‘lmaymanmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Siz otangizni qorni to‘yadigan miqdorcha ta’minlashga majbursiz. Undan ortig‘i zimmangizga majbur emas. Aroq va qimoriga pul bermasligingiz kerak. Bermaganingiz uchun sizni oq qildim desa aslo xafa bo‘lmang. Buni zarari yo‘q. Vallohu a’lam!
11 May 2022, 07:43 | Savol-javoblar | 136 | Dolzarb savollar