Xotinni iqtisodiy ta’minlay olmaslik gunohi
Assalomu alaykum! Erkak ayolini iqtisodiy ta’minlamasa, unga yozilgan gunoh faqat xotinning eridagi haqqini ado qilmaganlik bo‘ladimi? 2. Agar shunday bo‘lsa xotin bunga oxiratda roziman desa erda hech qanaqa gunoh qolmaydimi? Shu ish bo‘yicha yoki avval xotin rozi bo‘lib keyin Alloh ham kechirishi kerakmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Ayolning er ustidagi moliyaviy va g‘ayri moliyaviy haqlari bor. Moliyaviy haqlariga: mahr, nafaqa, yotar joy kiradi. G‘ayri moliyaviy haqlarga: yaxshilik bilan yashash, zarar bermaslik, ayollar o‘rtasida adolat kabilar kiradi. Ayol o‘zining iqtisodiy haqlarida voz kechishi mumkin va bunday holatda er gunohkor bo‘lmaydi. Vallohu a’lam!
11 May 2022, 07:43 | Savol-javoblar | 141 | Oila va turmush