Suv chiqarish ishida sherikchilik

Assalomu alaykum! Men bir ko‘cha ukamga suv chiqarish uskunalarini olib berganman va shu ishi uchun kerak bo‘ladigan uskunani kamu ko‘stlarini qilib berib turaman va bu uchun ikkalamiz kelishgan holda menga uch yuz ming so‘m (300000) haq beradi. O‘zi ish haqi sifatida 1500000 so‘m va ishini og‘irligiga qarab undan yuqori bo‘lgan ish haqqi oladi. Shu ishim to‘g‘rimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! To‘g‘ri emas. Undan ko‘ra 300.000 bilan 1.500.000ni foizga hisoblansa, foyda olti qism bo‘lib, biri sizniki beshi uniki bo‘lar ekan. Endi har doim foydaning oltidan biri meniki beshi seniki deb qancha foyda tushsa shunday qilib bo‘lishib olinglar. Shunda shariatga muvofiq bo‘ladi. Vallohu a’lam!

11 May 2022, 10:48 | Savol-javoblar | 158 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar