Unli harflar almashinuvi

Assalomu alaykum ustozlar! Savolim shundan iboratki, "Fotiha" surasidagi "rohmanir" so‘zi "rahmanur" kabi, "alayhim" so‘zi "alayhum" kabi o‘qilsa so‘zlarning ma’nosi o‘zgarmaydimi? Bu savolni berishimdan maqsad, biz bomdod namozini uyda jamoat bo‘lib o‘qiymiz, otam imomlikka o‘tadilar va "Fotiha" surasini o‘qiyotganlarida shunday o‘garishlar bo‘ladi. Bu namozga ta’sir qilmaydimi? Otamning o‘ziga aytishdan oldin sizlardan so‘rashni lozim topdim. Chunki oldinlari "iyyaka" so‘zini bitta y bilan talaffuz qilar edilar, bu xatolarini o‘zlariga aytganimda inson o‘z ona tilidan boshqa tilda gapirsa baribir tilida aksent bo‘ladi deb urishib bergan edilar. Bunisini qanday aytishni esa bilmay turibman.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bunchalik bilan namoz buzilmaydi. Vallohu a’lam!

11 May 2022, 07:54 | Savol-javoblar | 161 | Ta’lim va muta’allim
|
Boshqa savol-javoblar