Savdo sirini aytmaslik

Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar, men xususiy tadbirkorman. Ishxonam savdoga miqdoriga qarab 10-15 kishini  ish bilan ta’minlaydi. Ishchilarga yaxshi oylik berib rozi qilaman.  Ish yuzasidan hamda bizness sirlari bo‘lgani sababli boshqa insonlarga hamda ishchilarga foyda miqdorini aytmayman. Qiziqib so‘raganlarga ham aniq miqdorni aytmaslikka harakat qilaman yoki o‘zgartirib aytaman. Shu ishim gunoh emasmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Aytmasligingiz joiz, yolg‘on gapirishingiz joiz emas. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 09:12 | Savol-javoblar | 156 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar