Turmush o‘rtog‘im haqida

Assalomu alaykum! Bu savolni juda ikkilanib beryapman. Oiladagi gap so‘zlar oila tashqarisiga chiqmasligi kerak deb bilaman. Lek turmush o‘rtog‘im haqida sizlardan so‘ramoqchiman. Namoz o‘qiydilar har doim ro‘za tutadilar qo‘ldan kelgancha hammaga yordam beradilar qarzmi zakotmi bu qilgan ishlaridan juda mamnunman alabatta. Lek farzandlarimizga kelganda juda qo‘pollik qiladilar arziman xatolari uchun ham la’nat aytib qattiq urishadilar, bolalarimiz hali juda kichik shu xatosini yaxshi gap bilan tushuntirsangiz bo‘lmaydimi desam hecham quloq solmaydilar aksincha o‘zimni ham koyib beradilar. Uyda ko‘p holatlardan notinchlik bo‘ladi Katta o‘glimda dadasiga nisbatan mehrsizlik paydo bo‘lgan qolgan ukalari ham dadasidan uzoqlashib qolyapti oldiga borishga ham qo‘rqadi. Nima qilishga hayronman. 10 yil dan buyon shu ahvol o‘zgarish yo‘q. Savolim uzun bo‘lib ketgan bo‘lsa uzr so‘rayman iltimos yordam bering
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Turmush o‘rtog‘ingizga gapi o‘tadigan obro‘li qarindoshlaridan biri nasihat qilib qo‘ygani afzal. Shunda oilaning gapi ham tashqariga chiqmagan bo‘ladi. Vallohu a’lam!

11 May 2022, 08:15 | Savol-javoblar | 158 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar