Zakotim durustmikan

Assalomu alaykum! Ish bo‘yicha birovdan qarzim bo‘la turib zakot bergan bo‘lsam. Zakotim qabul bo‘ladimi yoki qarzimni uzmagunimcha qabul bo‘lmaydimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bor mablag‘ingiz qarzingizdan ortib nisobga etsa zakot berishingiz farz bo‘ladi. Ortgani nisobga etmasa farz bo‘lmaydi. Unda zakot berishdan ko‘ra tezroq qarzingizni uzishingiz kerak bo‘ladi. Vallohu a’lam!

11 May 2022, 08:26 | Savol-javoblar | 148 | Zakot
|
Boshqa savol-javoblar