Taloq berishni so‘rash
Assalomu alaykum! 1. Men yakinda turmush o‘rtog‘im 5-6 yil oldin bir ayolni nikoxiga olgani va bu nikox xozirgacha davom etayotganini bilib qoldim. Oralarida farzand yo‘q. Menga yoki u ayolga taloq berishini so‘radim. Turmush o‘rtog‘im u ayolga taloq berishi aytdi. Shunda men majburdagan va gunoxkor bo‘lib qolamanmi? 2. Nikox o‘qishda birinchi nikoxdaga ayoldan rozilik so‘raladi deb eshitgandim. Bu noto‘g‘rimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! 1). Siz uning talog‘ini so‘ramang. عَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ رَضِي اللهُ عَنْهُ، عَنِ النَّبِيِّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: لَا تَسْأَلُ الْمَرْأَةُ طَلَاقَ أُخْتِهَا لِتَسْتَفْرِغَ صَحْفَتَهَا وَلْتَنْكِحْ، فَإِنَّمَا لَهَا مَا قُدِّرَ لَهَا. رَوَاهُ الْأَرْبَعَةُ.Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam:
«Hech bir ayol o‘z singlisining tovog‘ini bo‘sh qoldirib, o‘zi nikohlanib olish uchun uning talog‘ini so‘ramasin. Albatta, unga ham taqdir qilingani bo‘lur», dedilar».
To‘rtovlari rivoyat qilganlar.
Sharh: Ayol kishi kim bo‘lishidan qat’i nazar, bironta boy-badavlat, mansabli, obro‘li erkakni o‘ziniki qilib olish uchun avvalgi xotinini taloq qildirishga urinmasligi lozim. Rizqu ro‘z, oilaviy baxt masalalari taqdirga qarab bo‘ladi. Birovning oilasini buzishga uringandan ko‘ra, ularga baxt-saodat tilab, o‘ziga ham xuddi o‘shanday, balki undan ham yaxshiroq oila qurishni Allohdan iltijo qilish kerak. Zero, har qanday ezgulik uchun, xususan, oilaviy baxt uchun ham pok yo‘l bilan harakat qilish lozim.
Afsuski, ba’zi bir ayollar bu haqiqatni tushunib etmaydilar, to‘g‘rirog‘i, tushunib etishga urinmaydilar ham. Ular uchun tayyor oilaga oson yo‘l bilan kirib olish baxt-saodat manbai bo‘lib ko‘rinadi. Hadisi sharifga yaxshilab e’tibor beradigan bo‘lsak, «birovning xotinini taloq qildirib», deyilmasdan, «o‘z singlisini», deyilmoqda. O‘sha ayol kim bo‘lishidan qat’i nazar, mazkur yomon niyatli ayol uchun Islom bo‘yicha singil bo‘ladi. Bu singillik esa nasab yo‘li bo‘yicha singildan ko‘ra yaqinroq bo‘ladi. Chunki o‘rtada iymon va Islom hurmati bor. Har bir mo‘mina-muslima bu haqiqatni yaxshi anglab etmog‘i kerak. (“Hadis va Hayot” kitobidan).2). Birinchi ayolning roziligini so‘rash shart emas. Vallohu a’lam!
22 Iyul 2022, 14:46 | Savol-javoblar | 164 | Oila va turmush