Kosmonavt bo’lishlik

Assalomu alaykum! Alloh sizlardan rozi bo’lsin juda yaxshi va savobli amallar qilmoqdasizlar. Men 18 yoshdaman va hozir chet eldagi nufuzli universitetlarga oqishga kirishga tayyorgarlik ko’rmoqdaman, Alloh nasib etsa kiraman. Men o’zimga yoshlikdan beri kosmonavt bo’lishimni orzu qilib kelganman va tarixni qarab chiqsam musulmonlar orasida 11 dona kosmonaftlar bor ekan, va yana shuni aytishim kerakki O’zbekistondan hali birorta o’zbek bu sharafga ega bo’lmagan. Bu sohada bo’shliqni ko’rganligim uchun shu sohani tanlashlik menga yanada farz bo’lmoqda. Savolim shundan iborat, aytingchi, kosmonaft kasbi halolmi yoki harommi? Meni hayolimga bu savolni kelganligini sababi, raketada kosmonaftlar uchvotganda xar hil baxtsiz hodisalar ro’y beradi bu kutilgan holat, ba’zida muvaffaqiyatli, ba’zida muvaffaqiyatsiz bo’ladi. Bu kasbni tanlashlik bilan men o’zimni jonimga xavf-hatar etkazgan bo’lmaymanmi? Agar shunday bo’lsa menga nima qilishim kerakligi haqida maslahat bering. Javob uchun oldindan rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Albatta bo‘ladi, shu sohani etuk mutaxassisi bo‘ling. Hadisda “Alloh taolo ishini to‘kis bajaruvchini yaxshi ko‘radi” deyilgan. Vallohu a’lam!

11 May 2022, 08:37 | Savol-javoblar | 155 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar