Kelishuvni buzish
Assalomu alaykum! Men bir qancha hamyurtlarim kabi xizmat yuzasidan chet elda (Koreyada) safardaman. Bu erga kelgan insonlaga to‘laqonli erkinlik berilgan bo‘lib, bu ne’matdan kimdur ijobiy kimdur salbiy foydalanadi. Qisqasi xozirda malaka oshirish davri tugaganidan keyin ba’zi hamyurtlarimiz O‘zbekistonga qaytmay noqonuniy muhijirlikka chiqib ketmoqda va buning uchun O‘zbekistonga berilgan kvota borgan sari kamaymoqda. Bunga shariatimiz nima deydi?
2. Noqonuniy muhojir bo‘lib yurgan insonlarning peshona ter qilib topgan puli ham harom hisoblanadimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! 1). Dinga ta’alluqli bo‘lmagan hamda tartib intizom uchun chiqarilgan adolatli qonun-qoidalarga itoat qilinadi. Bunga oddiy misol svetofordir. Qizil chiroq yonib turganda to‘xtamay o‘tgan kishi yashil chiroq yongan tomonda kelayotgan kishining haqqini poymol qilgan hisoblanadi. Agar shunchalik darajada bo‘lsa o‘zgalarning haqqlarini poymol qilgan hisoblanadilar. 2). Halol yo‘l bilan va shariat joiz qilgan ishni qilib topgan puli halol hisoblanadi. Vallohu a’lam!
30 Aprel 2022, 22:47 | Savol-javoblar | 173 | Dolzarb savollar