Qalb ko‘zi

Assalomu alaykum! Islomda qalb ko‘zi haqida ko‘p gapiriladi. Ko‘pchiligimiz u haqida gapirsak ham uning mohiyatini yaxshi bilmaymiz. Kitoblarda u haqida ko‘p ma’lumot yo‘q ekan. U haqida ma’lumot bersangiz!
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Iymon, Alloh taolo va Rasululloh sollallohu alayhi vasallamni tasdiq qilganidan keyin qalbda paydo bo‘ladigan bir nurdir. Sunnatga amal qilish ziyodalashib borgani sari qalbdagi nur ham ziyodalashib boraveradi. Ko‘z bilan ko‘rilmaydigan narsalarni o‘sha qalbdagi nur bilan ko‘riladi. قال عمرو بن نجيد : كان شاه الكرماني - وهو من العباد في القرن الثالث - حاد الفراسة لا يخطئ ويقول : (من غض بصره عن المحارم ، وأمسك نفسه عن الشهوات ، وعمر باطنه بالمراقبة ، وظاهره باتباع السنة ، وتعود أكل الحلال ، لم تخطئ فراسته) .والفراسة هي : القدرة على معرفة بعض الأحوال ببعض العلامات الظاهرة .والفراسة الصادقة سببها نور يقذفه الله في قلب عبده ، يفرق به بين الحق والباطل ، والصادق والكاذب . وهذه الفراسة على حسب قوة الإيمان ، فمن كان أقوى إيمانًا ، فهو أحد فراسة ، فإنها نوع من الإلهام ، ويستدل لها بقوله تعالى :  يَاأَيُّهَا الَّذِينَ آمَنُوا إِنْ تَتَّقُوا اللَّهَ يَجْعَلْ لَكُمْ فُرْقَانًا  ، وعلى كل حال لا تعد هذه الفراسة دليلاً شرعيًا يبنى عليه Amr ibn Nujayd aytadi: “Hijriy uchinsi asr obidlaridan bo‘lgan Shox Kirmoniy firosati o‘ta o‘tkir bo‘lib, biror narsa borasida so‘z aytsa, aslo xao qilmas edi va : “Kim ko‘zini haromdan, nafsini shahvatlardan tiysa, ichki dunyosini muroqaba qilib tursa, zohirida sunnatga tobe’ bo‘lsa, halol eyishga odatlansa farosati xato qilmaydi” dedilar”. Farosat deb – zohiriy alomatlarga qarab, haqiqatini tanib olishga qodir bo‘lish. Bunday farosat Alloh taolo bandasi qalbiga solgan bir nur bo‘lib, banda u bilan haq va botilni, rost va yolg‘onni, to‘g‘ri va xatoni ajratib oladi. Bu farosat iymonning quvvatiga bog‘liq narsa bo‘lib, iymoni kuchlilarda kuchli, zaiflarida zaif bo‘ladi. Farosat bir nav ilhom hisoblanadi. Alloh taolo u haqida : يِا أَيُّهَا الَّذِينَ آمَنُواْ إَن تَتَّقُواْ اللّهَ يَجْعَل لَّكُمْ فُرْقَاناً وَيُكَفِّرْ عَنكُمْ سَيِّئَاتِكُمْ وَيَغْفِرْ لَكُمْ وَاللّهُ ذُو الْفَضْلِ الْعَظِيمِ۝ 29. Ey iymon keltirganlar! Agar Allohga taqvo qilsangiz, sizga furqon qilib beradi, yomonliklaringizni o‘chiradi va sizni mag‘firat qiladi. Alloh buyuk fazl egasidir. Yuqoridagi ishlarni to‘g‘ri amalga oshirish uchun taqvo kerak. Balki o‘sha ta’limotlarga amal qilishning o‘zi taqvodir. «Ey iymon keltirganlar! Agar Allohga taqvo qilsangiz, sizga furqon qilib beradi…» Ya’ni taqvodor kishiga Alloh taolo haqdan botilni, yaxshidan yomonni ajratadigan, farqlaydigan hidoyat va nur berib qo‘yadi. «Furqon» degani «ajratuvchi» – «farqlovchi» deganidir. Ana o‘sha hidoyat va nur ila to‘g‘ri yo‘ldan yurib boriladi. Taqvodorlarning gunohlari ham yuviladi, ham mag‘firat qilinadi. Bu katta baxtdir. Ammo Alloh taolo bu bilan kifoyalanib qolmaydi. Taqvodorlarga yana boshqa mukofotlar ham beradi. «Alloh buyuk fazl egasidir». (“Tafsiri Hilol” kitobidan “Anfol” surasi 29-oyat). Vallohu a’lam!

26 May 2022, 12:53 | Savol-javoblar | 145 | Ruhiy tarbiya
|
Boshqa savol-javoblar