Chapaqaylik

Assalomu alaykum! Mening apacham chapaqaylar, lekin ovqatlanganda, suv ichganda o‘ng qo‘l bilan ichadilar. O‘ng tomondan kiyinadilar. Yozganda ham o‘ng qo‘l bilan yozadilar. Ammo pichoq, qaychi kabi narsalarni chap qo‘lda ishlatadilar, chunki o‘ng qo‘lda qiynaladilar. Bugun apachamni Qaynonasi bir 4 oylik kelinchakni namozhon oilaga kelin bo‘lib chapaqay bo‘lgani uchun eri taloq berganini aytibdi, va Payg‘ambarimiz alayhissalomdan shunaqa chapaqaylar o‘zi bizdan emas ular shaytondan degan hadis borliginiyam qo‘shib qo‘yibdi. Shunga apacham qattiq yig‘lab sizdan shunaqa hadis bor yo‘qligi haqida so‘rab berishligimni aytdilar. Men unaqa hadis yo‘q, hadis chap qo‘lda aynan ovqatlanadiganlar haqida kelgan desam, yo‘q umumiy holatda kelgan deyishyabdi. Shunday hadis bormi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! To‘g‘ri aytibsiz. Chap qo‘lda ovqatni og‘izga olib bormasa bo‘ldi. Imkon boricha o‘ng qo‘lda qilishga harakat qilinadi. Vallohu a’lam!

11 May 2022, 09:32 | Savol-javoblar | 182 | Hadislar
|
Boshqa savol-javoblar