Gunohlardan tavba qilish

Assalomu alaykum! Oldin  yomonlik(aldab, pulini olib bermasdan, ko‘nglini oritib,….) qilgan odamlarimdan kechirishlarini niyat qildim. Ammo ularni ba’zilarini topalmadim. O‘sha uzr so‘radmagan odamlarim rozi qilalmaganlarimni nima qilib rozi qilsam bo‘ladi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Odamlarning moddiy va moliyaviy haqlari bo‘lsa, o‘sha miqdordagi mablag‘ni egalari nomidan sadaqa qiling. Agar keyin topilib kelib qolishsa, o‘sha mablag‘larni ularga qaytarib berasiz. Ma’naviy haqlar masalasida esa, avvalo tavba qilib, istig‘for ayting. O‘sha haq egalari haqqiga duolar qiling. Alloh taolo o‘zgalarning haqqini ado qilishda yordamchingiz bo‘lsin. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 09:29 | Savol-javoblar | 162 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar