O‘g‘irllanganini bilmay

Assalomu alaykum! Savolim o‘g‘irlangan narsani o‘g‘irlanganini bilmasdan «bismillah» deb eb qo‘ysa dindan chiqadimi? Er xotin o‘rtasiga taloq tushadimi? 1)Bitta mahallada ustachilikda ishladik sherigim qo‘liga anor ko‘tarib keldi bo‘lib yarmini menga berdi? Bismillah deb edim. Eb bo‘lib qaerdan oldiz desam hov anavi daraxtdan dedi. Biz ishlagan joyda qo‘ni qo‘shnilar o‘rtasida devor ham to‘siq ham yo‘q. Men anorni qo‘shnisinikidan so‘ramay opkelishi hyolimda ham yo‘q. Chunki biz ishlayotgan uydi egasini hovlisida anor bor tashqariga yashikka uzib ham qo‘ygan man o‘shetdan opkeldi deb o‘ylabman. Eb bo‘lib bilsam biz ishlagan xonadonni qo‘shnisinikidan opkegan ekan. Ustoz o‘shani «bismillah » deb eb dindan chiqib qolmadimi? Ayolim bilan o‘rtamga taloq tushmadimi deb o‘ylab yurubman. 2)Qolaversa biz ishlagan joyda xovlilar juda katta. Man eb bo‘ganimdan keyin daraxtga qarasam biz ishlagan xonadon tarafda turganga o‘xshadi. Keyin aka anorizdan olib edik rozimisiz dedim. Uydi egasi u bizniki emas, qo‘shnimizniki dedi. Ketidan «xa eyovriylar biznikimi qo‘shninikimi farqi yo‘q» dedi. To‘g‘risi ustoz u ANOR so‘ralmay olinganini va qo‘shnisiniki ekankigini bilmagandim. 3) O‘sha anorni egasini uyida erkak kishi yo‘q ekan. Biz ishlagan xonadonni egasi (erkak kishi ) «ha men o‘zim rozichilik so‘rab qo‘yaman » dedi o‘tadimi yo o‘zim so‘raymi rozichiligini?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Dindan chiqmaydi, taloq tushmaydi. Qurqmang tushmaydi. Rozichilik so‘rab qo‘ysangiz yaxshi. Chunki esidan chiqib qolib ketsa siz javobgar bo‘lasiz. Vallohu a’lam!

10 May 2022, 20:18 | Savol-javoblar | 140 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar