Sajdai savxni unutish

Assalomu alaykum! Xufton o‘qish vaqtida birinchi rakaatdan turganimda xayolimda 1 sajda qilib 2-ni unutganday bo‘ldim. Keyn o‘sha rakaatni boshidan o‘qidim va namoz oxirida salomdan oldin sajdai savx qilishni unutdim. Namozim durustmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Namoz farz sifatida o‘tgan, lekin vojib tark qilinib o‘qilgan namozini vaqti chiqmasdan turib qaytadan o‘qishingiz vojib.
Bunday holatda o‘sha unutgan sajdangizni ado qilib, so‘ngra namozingizni kelgan joyidan davom ettirishingiz va oxirida sajdai sahv qilishingiz lozim edi. Vallohu a’lam!

11 May 2022, 09:32 | Savol-javoblar | 151 | Ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar