Yaqin insonimga atab duo qilish
Assalomu alaykum! Hozir yonimda bo‘lmagan inson uchun qanday duo qilsam bo‘ladi? Ko‘pincha u haqida o‘ylasam vahimali hayollar kela boshlaydi bundan qanday qutulish mumkun? Uni shaytondan panohda bo‘lishini, sog‘-salomat bo‘lishini, tezroq yonimga qaytishini so‘rashim uchun maxsus duo bormi? 2) Duolarim qabul bo‘lishi uchun qanday amallarni bajarishim va qaysi vaqtda ko‘proq duo qilishim kerak?(bu savolni berishim sababi tahoratsiz duo qilsa bo‘ladimi va yana eshitib qoldimki ko‘plab sadaqa bergan insonning duolari qabul ekan. Shu to‘g‘rimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! 1). Bu borada kelgan maxsus duoni bilmaymiz. Lekin sherigingizga quyidagi hadisga muvofiq yaxshilik tilab duo qilavering.حَدَّثَتْنِي أُمُّ الدَّرْدَاءِ، قَالَتْ: حَدَّثَنِي سَيِّدِي أَنَّهُ سَمِعَ رَسُولَ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ يَقُولُ: «مَنْ دَعَا لِأَخِيهِ بِظَهْرِ الْغَيْبِ، قَالَ الْمَلَكُ الْمُوَكَّلُ بِهِ: آمِينَ، وَلَكَ بِمِثْلٍ».Ummu Dardo roziyallohu anho aytadi:
«Xojam menga Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning «Kim o‘z birodarini g‘oyibdan duo qilsa, unga vakil qilingan farishta: «Omiyn! Senga ham shunday bo‘lsin!» deydi» deganlarini eshitganini aytdi».
Imom Muslim rivoyati.
Hazrat Abu Bakr Siddiq roziyallohu anhu: "Alloh yo‘lidagi birodarning duosi ijobat qilinadi", deganlar.
Kishi o‘z do‘sti haqiga uning tirikligida ham, mamotidan keyin ham duo qilib turish mas’uliyatidadir. O‘ziga nimani so‘rab duo qilsa, do‘stiga ham shuni so‘rab duo qiladi. Vallohu a’lam!2). Quyidagi linkda berilgan maqolani o‘qing:https://islom.uz/maqola/5668
11 May 2022, 09:32 | Savol-javoblar | 166 | Duolar