Beshik qilish farzmish, qilmasa oxiratda savol-javobi og‘irmish
Assalomu alaykum! Eshitishimcha qizi farzand dunyoga keltrgandan keyin onasi beshik olib kelishi kerak ekan. Bu uning farzi emish, agar beshik olib kelmasa oxiratda savol javob qilinarkan. Man bu gapni endi eshitishim, oilamiz Alhamdulillah islomiy oilalardan adamla har doim erkak kishini vazifasi bu didila. O‘zimam farzandli bo‘ganman, lekin ho‘jaynimla o‘zim qilaman mani farzandm o‘zim qilomasam nima qib bosh ko‘tarib erkeman deb yurimman diganla. Uyda ikta kenayimam bor ulayam farzandli bo‘lishgan akamgilani o‘zligi qilishti. Biza nikohlab oldikmi og‘iriyam engiliyam sog‘ligiyam kasaliyam bizaniki biza majburmiz dishadi.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bu Alloh farz qilgan amallar ichiga yana bitta farz amalini o‘zi tomonidan qo‘shib qo‘yish hisoblanadi. Jannat to‘g‘risidagi gapi ham Allohga yolg‘on to‘qish hisoblanadi. Qaynonalarni bu kabi gaplari tilamchilik deyiladi. Farzand qaysi erkakniki bo‘lsa boqib olish ham unga ketadigan narsalar ham erning zimmasiga vojib bo‘ladi. Alloh taolo "Yunus" surasida marhamat qiladi: قُلْ إِنَّ الَّذِينَ يَفْتَرُونَ عَلَى اللّهِ الْكَذِبَ لاَ يُفْلِحُونَ 69. Sen: «Albatta, Allohga nisbatan yolg‘on to‘qiydiganlar zafar topmaslar», – deb ayt. Vallohu a’lam!
11 May 2022, 09:54 | Savol-javoblar | 178 | Islam