Boshlamoqchi bo‘lgan biznesim
Assalomu alaykum! Men dasturlash sohasiga qiziqqanim bois internetdan juda ko‘p materiallar topaman va ularni aksari pullik bo‘ladi. Masalan qandaydir yasalangan animatsiya yoki biror tayyor dizaynlarni yasab ularni sotishadi. Men ularni sotib olib ustiga xoxlaganimcha foyda qo‘yib sotsam joizmi? Masalan 39$ ga to‘plam sotib oldim. U to‘plamda 4500 dan ortiq mahsulot jamlangan (dizayn, logotip va shunga o‘xshash narsalar) bo‘ladi. Men u to‘plamni bir marta sotganimdan so‘ng u qo‘lma qo‘l bo‘lib tarqalib ketishi mumkun. Shuning uchun men to‘plamdagi mahsulotni donalab yoki to‘plami bilan sotsam istagan narximni qo‘yib olishim mumkunmi? 2. Do‘stim bilan aliexpress degan online do‘kondan tovar olib kelib sotmoqchi edik. Men pul qo‘shsam foydani teng yarmini agar pul qo‘shmasam qanchadir foiz olaman dedim. Masalan men biror bir ommalashgan, eng ko‘p sotilayotgan yoki arzon bo‘lgan mahsulotni topib beraman. Do‘stim har bir men topib bergan mahsulotdan foiz beradi. Masalan 10 yoki 20 foizni o‘sha mahsulotni topib berganim uchun beradi. Bu ishim ham joizmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! 1). Qanday shartlar asosida sotib olganingizga bog‘liq. Agar siz olganingizdan keyin sotishga ruxsat bo‘lsa va shariatda man qilinmagan narsalar bo‘lmasa, sotishingiz joiz. 2). Topib berganingiz uchun haq olishingiz joiz. Vallohu a’lam!
11 May 2022, 09:54 | Savol-javoblar | 156 | Dolzarb savollar