to‘n va tilanchi haqida shunday hadis bormi?
Assalomu alaykum! TILANChI VA TO‘N Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamga bir to‘n hadya qilingandi, uni Oisha onamiz olib qo‘ygandilar. Bir kuni bir tilanchi U zotni eshiklarini taqillatib biror nima sadaqa qilishligini so‘radi. U zoti bobarokot: — Ey Oisha! O‘sha to‘nimni unga beraylik! — dedilar va u tilanchiga berdilar. Tilanchi u to‘nni bozorga olib borib baralla: — Ey odamlar! Rasulullohning to‘nini kim oladi? — deya baqira boshladi. Shu vaqt bir ko‘zi ojiz kishi buni eshitib, o‘zini bir quliga: — Sen borib, Rasulullohning muborak to‘nlarini qancha qimmat bo‘lsa ham sotib ol! — dedi. — Agar ulgurib sotib olib kelsang, Allohning vajhi uchun ozodsan! O‘sha qul birinchi bo‘lib to‘ni muborakni sotib olib, ko‘r mavlosiga olib kelib ozod bo‘ldi. Ko‘r to‘ni muborakni qo‘llariga olib: — Ey Robbim... Rasulullohning hurmati bilan va yana qo‘lllarimdagi u zotning to‘ni muboraklarini hurmati ila meni ko‘zimni qaytar, bu qorong‘ulik dunyodan ozod qil! — deya duo qilgandi Allohning izni ila ko‘zi ko‘ra boshladi. Xursand bo‘lgan holda to‘ni muborakni Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga ko‘tarib olib borib: — Ey Allohning Rasuli, bu mendan sizga hadya, buni qabul qiling, — deb, bo‘lib o‘tgan voqe’alarni aytib berdi. U Zoti bobarokot kuldilar, hatto, muborak tishlari ham ko‘rinib ketdi. — Ey, Oysha! Bu to‘nni ko‘ring, bir kambag‘alni boy qilib, bir qulni ozod qilib, bir ko‘rni bo‘lsa ko‘zini qaytarib yana o‘zimizga qaytib keldi! - degan ekanlar... Shunday mazmunda hadis bormi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bu to‘qima hadis. Vallohu a’lam!
11 May 2022, 09:54 | Savol-javoblar | 147 | Hadislar
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bu to‘qima hadis. Vallohu a’lam!
11 May 2022, 09:54 | Savol-javoblar | 147 | Hadislar