Yongan avtomobil savdosi

Assalomu alaykum! Alloh qilayotgan ishlaringizdan rozi bo‘lsin. Yaqinda do‘stimning yangi sotib olgan avtomobili o‘z-o‘zidan yonib ketdi. Deyarli hamma joyi yondi, bir ikki qismlari omon qoldi. Omon qolgan qismlarini avtomobil ustalariga sotmoqchi. Keyin bilishimizcha u ustalar avtomobilni to‘g‘irlab tuzatib keyin boshqalarga "ozroq yurgan moshina" deb sotisharkan. Lekin sotmayman desa xozir unga pul xam zarur. Agar shu holat bo‘ladigan bo‘lsa do‘stim men ham gunohkor bo‘lib qolmaymanmi deb qo‘rqayabdi. Iltimos shu holatda do‘stim nima qilsa to‘g‘ri bo‘ladi? 
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Yolg‘on gapirmaydiganiga sotsin. Vallohu a’lam!

11 May 2022, 19:08 | Savol-javoblar | 146 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar