Tug‘ilib vafot etgan bolaga ism qo‘yilmay qolsa
Assalomu alaykum! Bir tanishimni bolasi tug‘ilgandan so‘ng bir kundan kiyin vafot etdi. Ism qo‘yishga ham ulgurmagan ekan. Oradan ancha yil o‘tdi o‘sha bolamga ism qo‘ymaganman deb yuradi. U inson endi nima qilsin?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bola tug‘ilishi bilan yoki ettinchi kunda unga ism qo‘yish sunnat. Undan keyin qo‘ysa ham joiz. Nomlanishidan oldin vafot etgan bolaga keyinroq bo‘lsa ham ism qo‘yish kerak.ويلزم أَنْ يُغَسَّلَ وَأَنْ يَرِثَ وَيُورَثَ وَأَنْ يُسَمَّى وَإِنْ لم يَبْقَ بَعْدَهُ حَيًّا لِإِكْرَامِهِ لِأَنَّهُ من بنى آدَمَ وَيَجُوزُ أَنْ يَكُونَ له مَالٌ يَحْتَاج أَبُوهُ إلَى أَنْ يَذْكُرَ اسْمَهُ عِنْدَ الدَّعْوَى بِهِ (tug‘ilgach bir muddat yashab so‘ng vafot etgan go‘dak) yuvilishi, meros olishi, meros qoldirishi, shundan so‘ng tirik qolmagan bo‘lsa ham hurmat uchun unga ism qo‘yilishi lozimdir, chunki u ham odam bolalaridandir. Uning moli bo‘lib, otasi (mahkamada) da’vo paytida uni ismini aytishga muhtoj bo‘lishi mumkin. (Bahrur roiq). Vallohu a’lam!
11 May 2022, 09:54 | Savol-javoblar | 151 | Oila va turmush