Onamning namozlari 2-savol

Assalomu alaykum! Onamning namozlari haqida savol bergan edim, unga quyidagicha javob berildi: Kasallik ziyoda bo‘lishi aniq bo‘lsa, tik turib namozni boshlab, qolganlarini o‘tirib o‘qiyveradi. Shu o‘rinda yana bir savol tug‘ildi. Bunda qaday bo‘ladi? Namozni tik turib boshlanadi. Sano duosi o‘qiladi, Fotiha surasi o‘qiladi, bir zam sura o‘qiladi. Keyin tashahhuddagi kabi o‘tirib ruk’u sajlalar imo-ishora bilan qilinadimi? Yoki birinchi rakatdagi ruku sajdalarni to‘la to‘kis qilib, ikkinchi rakatga qiyomga turmasdan qolganini imo-ishora bilan davom ettirib ketiladimi? 
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Tashahhuddagi kabi o‘tirib ruk’u sajlalar imo-ishora bilan qilinadi. Keyingi rak’atdan imo ishora qilsa ham bo‘ladi. Vallohu a’lam!

11 May 2022, 10:05 | Savol-javoblar | 148 | Ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar