Buyrak og‘rig‘ida ro‘za
Assalomu alaykum! Men juda ko‘p ramazon ro‘zasini tutmaganman, farzni nimaligini tushunmaganimdan bo‘lsa kerak. Qolganini kafforatini tutishim kerak ekan. Lekin men qish kunlarida bo‘lsa ham tuta olamanmi bilmayabman. 2-gurux nogironiman siydik tutolmayman siydik chiqib turadi kopincha, siyadigan joyimdan shlank ham qo‘yilgan, buyraklarim vaqti vaqti bilan og‘rib turadi. Hozir ramazon bo‘lsa ham dori qabul qilyabman og‘iz ochgandan keyin. Bu oyda doktorlar soatli qabul qilish uchun dori yozib bersa ham men faqat iftorlikdan keyin ichaman (doktor shunday qilsa bo‘ladi dedi). Lekin kasal bo‘lsam ham muomosiz tutyabman. Buyragim og‘rib turubdi, lekin chidab yursa bo‘ladi. Savolim men nima qilaman 60 kunni uzliksiz tuta olishim yoki yo‘qligini bilmayman. Orada mazam qochib qolishi ham mumkun. Gohida har oyda gohida 2-3 oydan mazam qochishiga qarab buyraklarim uchun muolaja olaman. Men nima qilganim ma’qul, o‘zim o‘zimni imkoniyatimni baholay olmayabman. Meni toqatim ko‘tara olarmikan bilmayabman. Yoki doktordan so‘rasammikan agar 60 kun bu holatda yurushim meni kasalimni og‘irlashtirsa tutmaymikan. Hozirgi holatimda aqlim ikkiga ajralgan, yarmi sen shuni bahona qilib tutishdan qutulmoqchisan sen tuta olasan deyabdi, qolgan yarmi Alloh toqating ko‘tarmaydigan narsaga buyurmaydi, Alloh o‘zingni halok qilishingni buyurmaydi deydi. Hullas hayronman.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Og‘irlashtirsa tutmang. Kafforatini pulda to‘lab qo‘yaverasiz. Vallohu a’lam!
11 May 2022, 09:54 | Savol-javoblar | 165 | Turli savollar
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Og‘irlashtirsa tutmang. Kafforatini pulda to‘lab qo‘yaverasiz. Vallohu a’lam!
11 May 2022, 09:54 | Savol-javoblar | 165 | Turli savollar