Qarzni qanday berishimiz kerak?

Assalomu alaykum! Onam bir qarindoshimizdan qarzlari bor edi. Lekin qarzni uzmasdan avval xaqdor vafot etdi. Marxumni 3 farzandlari bor. Shu pulni farzandlari orasidan moddiy taminoti yaxshi bo‘lmaganiga bersalar bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! U uchala farzandning haqqi bo‘ladi. O‘g‘ilga ikki hissa qizga bir hissa bo‘linadi. Biriga berishingiz joiz bo‘lmaydi. Vallohu a’lam!

11 May 2022, 10:05 | Savol-javoblar | 135 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar