Shartnomani buzish oqibatida to‘lanadigan jarima
Assalomu alaykum va rohmatullohi va barokaatuh! Biz bir xorijiy korxona bilan ma’lum bir mahsulotni etkazib berishlik uchun shartnoma tuzganmiz. Shartnoma bo‘yicha 2022 yilning sentabr oyida boshlang‘ich to‘lovni amalga oshirganmiz. Lekin eksport qiluvchi korxona (ya’ni sotuvchi) har xil baxonalar bilan mahsulotni shu vaqtgacha yubormadi. Endi shartnomani buzib, boshlang‘ich to‘lovni o‘zimizga qaytarmoqchi. Bu holat xuddi shu korxona bilan avval ham bo‘lgan edi, boshlang‘ich to‘lov tahminan 2-4% ga kamayib qaytib keladi. Shartnomaning 2 bandi bo‘yicha ikki tomondan biri sababsiz shartnomani buzganligi uchun jarima belgilangan. Ushbu bandlar: 1. Ikki tomon bilan kelishilgan holda: Bir tomonning sababsiz shartnomani bajarmasligi uchun shartnoma qiymatidan 10% jarima ikkinchi tomonga to‘lab beradi; 2. O‘z vaqtida to‘lov qilmaslik yoki mahsulotning etkazib bermaslik oqibatida kelishilgan kundan keyin har bir kun uchun shartnoma qiymatidan 0.1% jarima (penya) to‘lab beradi. Penya shartnomaning umumiy qiymatidan 16% dan oshmasligi kerak. Shu holatda shariatda shu jarimalarni undurish yoki to‘lash joizmi? Vaqtingiz uchun oldindan tashakkur.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bunday holatda jarima talab qila olmaysiz. Vallohu a’lam!
16 Oktabr 2023, 11:58 | Savol-javoblar | 0 | Moliya va tijorat
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bunday holatda jarima talab qila olmaysiz. Vallohu a’lam!
16 Oktabr 2023, 11:58 | Savol-javoblar | 0 | Moliya va tijorat