Poraxo‘r rahbarni o‘shlab bersa bo‘ladimi

Assalomu alaykum! Sizlardan bu narsa haqida chidolmaganimdan savol berayapman. Bizning rahbar xodimlardan xar xil bahonalar bilan pul talab qiladi. Evaziga biron bir yumushini hal qilishini bildiradi. Ba’zi xodimlar davolanish uchun qonuniy moddiy yordam suraydi shunda berilgan moddiy yordamning ma’lum qismini o‘zida olib qoladi hatto uchdan ikki qismini ham olib qoladi xodimning qiynalib qolishi qiziqtirmaydi. Mana shundan rahbarni huquqni muhofaza qiluvchi organlarga o‘shlab bersam yoki ustidan arz qilsam to‘g‘ri buladimi. Pul berganlar guvoh o‘tishni hohlamasliklari ham mumkin.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Avval o‘ziga nasihat qiling. Poraxo‘rlikni yig‘ishtirmasa oqibati yomon bo‘lishini ayting. O‘zgarmasa tutib bering. Vallohu a’lam!

27 Noyabr 2023, 14:00 | Savol-javoblar | 0 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar