O‘lim bo‘lgandan keyin to‘y qilish

Assalomu alaykum! Buvim yani otamni onasi bir oy oldin vafot etdilar. Savolim shuki buvimni yilini bermasdan to‘y boshlasak buladimi yoki yuqmi. Yani buvim 27 mayda vafot etdilar. Biz esa oktyabr yoki may oylariga tuy qilsak buladimi. Javob uchun oldindan rahmat
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Uch kundan ortiq aza tutish harom hisoblanadi. عَنْ حُمَيْدِ بْنِ نَافِعٍ رَضِي اللهُ عَنْهُ قَالَ: أَخْبَرَتْنِي زَيْنَبُ بِنْتُ أَبِي سَلَمَةَ بِهَذِهِ الْأَحَادِيثِ الثَّلَاثَةِ قَالَتْ: دَخَلْتُ عَلَى أُمِّ حَبِيبَةَ زَوْجِ النَّبِيِّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ حِينَ تُوُفِّيَ أَبُوهَا أَبُو سُفْيَانَ، فَدَعَتْ بِطِيبٍ فِيهِ صُفْرَةٌ خَلُوقٌ أَوْ غَيْرُهُ، فَدَهَنَتْ مِنْهُ جَارِيَةً، ثُمَّ مَسَّتْ بِعَارِضَيْهَا، ثُمَّ قَالَتْ: وَاللهِ مَا لِي بِالطِّيبِ مِنْ حَاجَةٍ، غَيْرَ أَنِّي سَمِعْتُ رَسُولَ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ يَقُولُ عَلَى الْمِنْبَرِ: لَا يَحِلُّ لِامْرَأَةٍ تُؤْمِنُ بِاللهِ وَالْيَوْمِ الْآخِرِ تُحِدُّ عَلَى مَيِّتٍ فَوْقَ ثَلَاثِ إِلَّا عَلَى زَوْجٍ أَرْبَعَةَ أَشْهُرٍ وَعَشْرًا Humayd ibn Nofe’ roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Menga Zaynab bintu Abu Salama ushbu uch hadisning xabarini berdi. U:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallamning jufti halollari Ummu Habibaning oldilariga otasi Abu Sufyon vafot etgan paytda kirdim. U sariq rangli aralash yoki boshqa xushbo‘y narsa keltirishlarini so‘radi. Undan bir qizchaga surtib ko‘rdi-da, keyin o‘zining ikki yuziga surtib turib, «Allohga qasamki, hozir xushbo‘y narsa surtadigan holim yo‘q, ammo Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning minbardan turib, «Allohga va oxirat kuniga iymon keltirgan ayol uchun biror mayyit uchun uch kundan ortiq aza tutishi halol emas. Faqat eriga to‘rt oyu o‘n kun tutadi», deganlarini eshitgan edim», dedi».
Beshovlari rivoyat qilganlar.
Motam ayol kishining eri o‘lganda to‘rt oyu o‘n kun, yaqin qarindoshi o‘lganda uch kun pardoz-andoz va ziynat narsalarni qilmay turishidan iboratdir. Bundan boshqa hech narsa motamga kirmaydi. Vallohu a’lam!

11 May 2022, 10:05 | Savol-javoblar | 172 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar