Qaynotam majburlab uch taloq qildirgan

Assalomu alaykum! Hurmatli zikr ahli, bundan uch yil oldin qaynotam uyga mast xolda kelib turmush o‘rtog‘imga xotiningni qo‘ymasang sendan voz kechaman yo meni yo xotiningni tanla deb turib oldi. Xo‘jayinim yalinib unday demang desa xam ko‘nmadi, oxiri bo‘lmay uchtaloqsan dedi. Ertasiga shaxardagi katta masjidga bordik u erda kassaga pul to‘ladik va domla bizni qayta nikohlab qo‘ydi guvoxlar xam bo‘ldi. Xo‘jayinim o‘zi istamaganini, birovning tazyiqi ostida aytganini aytdi. Hurmatli zikr axli nikohimiz o‘tadimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Sizlarga uch taloq tushgan. Uch taloqni hukmi hammaga ma’lum. Bunday majburlab turilgan holatda bir taloqni aytsa ham nikoh uzilar edi. Yoki taloqni aytib orqasidanoq qo‘shib in shaa Alloh degan so‘zni aytsa taloq tushmagan bo‘lar edi. Taloq bilan in shaa Alloh birdan aytilishi shart. Alohida aytilsa taloq tushib qoladi. Bu kabi holatlarda er hal qilavermasligi kerak. Ahli ilmlar bilan maslahatlashish kerak edi. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 23:52 | Savol-javoblar | 202 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar