Harom luqma eb qazo namozlarni o‘qish

Assalomu alaykum! Biz do‘kon arendaga bergan edik. Men ustozlardan so‘rab shuni bildimki agar aroq va sigaretdan tushgan pul necha foizni tashkil qilsa (masalan 70% pul aroqdan bo‘ladigan bo‘lsa) biz arendaga olgan pulni poklash uchun o‘shancha foizni ehson qilib yuborishimiz kerak ekan (masalan 1mln arenda olsak undan 700.000 somni). Uydagilarimga aslida harom narsa sotadigan insonlarga arendaga berib bo‘lmas ekan desam. Seni ishing bo‘lmasin yoki boshqa bu haqida gapirma. Insonni o‘zida bo‘lishi kerak. Buyam bir tijorat deyishayapti 1. U pullarni qarindosh yoki yaqin tanishlarga ehson qilsa bo‘ladimi? 2. Ehson qilingan puldan savob umid qilsa bo‘ladimi? 3. Shu luqmamiz bilan ham namozlarimni o‘qib yuraveraymi? Qazo namozlarnichi. So‘ramoqchi bo‘lganim harom luqma istemol qilgan insonni duosi qabul bo‘lmaydi deb eshitgan edim.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! 1). Bo‘ladi.2). Yo‘q.3). O‘qiyvering. Tezroq o‘sha luqmadan emaydigan darajaga etib oling. Vallohu a’lam!

11 May 2022, 10:16 | Savol-javoblar | 169 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar