Koreyada virus
Assalamu alaykum! Biz xozir Janubiy Koreada taxsil olib kelmoqdamiz. Bu berayotgan savolim shu erda yurgan ko‘pchilik yurtdoshlarimiz nomidan. Xammaga malumki xozirda xitoydan chiqqan karonavirus boshqa davlatlarga keng tarkab bormoqda. Janubiy Koreyada xam so‘ngi 4 kun ichida keskin o‘sish kuzatildi va davom etmoqda. Kuniga taxminan 100 ta odamda kuzatilmoqda va bu narsa bizni ko‘p xavotirga solmoqda. Ko‘p studentlar tatil olib Uzb ga chiqib ketishmoqchi. Xozrda faqat bir shaxar karantinga olinish arafasida. Savolim shundan iboratki, agar biz tatil olib chiqib ketsak Payg‘ambarimiz s.a.v: "Vabo bor joyga bormenglar, agar o‘sha erda bo‘salaringiz u erdan chiqmanglar" degan xadislariga osiylik qilib qolgan bo‘lmaymizmi? Yoki bu xolat faqat karantindagi joylarga vojib bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Haqiqatda sizlar turgan joyga vabo tarqagan bo‘lsa boshqa joyga ketmanglar. Atrofinglarda yo‘q bo‘lsa qochishinglar mumkin. Bunda hazrati Umarning “Allohning taqdiridan yana Allohning taqdiriga qochmoqdaman” degan gaplariga amal qilgan bo‘lasizlar. Vallohu a’lam!
25 May 2022, 18:58 | Savol-javoblar | 165 | Turli savollar