Ko‘z tegishi, Jabroil alayxissalom ruqiyasi

Assalomu alaykum! Zikr axlidan so‘rang xayati. "Rasulullox sollAllohu alayxi va sallamning tabobati" nomli kitobda shunday duo bor ekan "Jabroil alayxissalom Rasulullox sollAllohu alayxi vassalam xuzurlariga kelib quyidagi kalimalar bilan dam soldilar: Bismillaxi urqiqa. Min kulli shay’in yu’zika. Min sharri kulli nafsin av aynin xasidin Allohu yashfika. Bismillaxi urqiqa.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Ushbu duoni har qaysi vaqtda o‘qish joiz. U bir qancha hadis kitoblarida rivoyat qilingan. Imom Muslimning “Sahih”idagi matni quyidagicha:عَنْ أَبِي سَعِيدٍ: أَنَّ جِبْرِيلَ أَتَى النَّبِيَّ  فَقَالَ: يَا مُحَمَّدُ، اشْتَكَيْتَ؟ فَقَالَ: «نَعَمْ» قَالَ: «بِاسْمِ اللهِ أَرْقِيكَ، مِنْ كُلِّ شَيْءٍ يُؤْذِيكَ، مِنْ شَرِّ كُلِّ نَفْسٍ أَوْ عَيْنِ حَاسِدٍ، اللهُ يَشْفِيكَ بِاسْمِ اللهِ أَرْقِيكَ».Abu Sa’id roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Jabroil Nabiy sollallohu alayhi vasallamning huzurlariga kelib, «Ey Muhammad, bemormisan?» dedi. U zot: «Ha», dedilar. Shunda u: «Bismillaahi arqiyk, min kulli shay’in yu’ziyk, min sharri kulli nafsin av ’aynin haasid. Allohu yashfiyk. Bismillaahi arqiyk», dedi. * Duoning ma’nosi: «Senga aziyat bergan barcha narsadan, har bir nafs va hasadgo‘y ko‘zning sharridan Allohning ismi bilan senga dam solaman, Alloh senga shifo bersin. Allohning ismi bilan senga dam solaman». Vallohu a’lam!

29 Iyun 2022, 14:26 | Savol-javoblar | 176 | Tabobat
|
Boshqa savol-javoblar