Ota ona orzusi
Assalomu alaykum! Onamni farzandlaridan birini shifokor qilish orzusi bor edi. bu taklifni onam akamga aytib ko‘rgan rad qilgan va huddi shuningdek menga ham aytgan(men unda juda yosh bola edim lekin eslayman) va men rozi bolganman. yillar o‘tdi men astoydil institutga kirishga tayyorgarlik kordim. bir marta yiqildim va shu yiqilgan yilim ancha tushkunlikka tushub qoldim xuddiki barcha odamlar meni g‘iybat qilayotgandek tuyulaverardi.(u paytda barcha muammolarimni Allohga tashab qoyishni bilmas edim, o‘zimni shaxsiy fikrim yoq edi, faqat boshqalarni fikri bilan ish tutar edim va odamlarni gapiga parvo qilar edim. hozir esa buning mutlaqo aksi). men uydagilarga o‘qishni tashlashimni aytdim. lekin onam yana bir marta imtixon topshirgin jon bolam deb qo‘ymadi. mening hayolimga odamlarga va oila azolarimga o‘qishga kira olishimni isbotlab qoyish fikri keldi(Men faqat shu ish bilan odamlarni gapidan qutulaman deb oylar edim). Va nihoyat talaba boldim. lekin bu menga umuman yoqmadi. O‘zimni shu sohaga majburlab ham ko‘rdim. institut vazifalarini qilmasdan o‘zim yoqtirgan dasturlash sohasini o‘rgana boshladim hozir esa qo‘limdan ish kelib qolgan. Men ota onamga o‘qishni tashlash niyyatimni ko‘p marta aytib kordim lekin ko‘nishmayapti. diplomsiz qiynalasan deb ko‘p aytishadi. men ularga diplomsiz ham yaxshi yashayotganlarni kop misol qilib keltiraman. kechagina yana shu haqida og‘iz ochdim dadam diplomingni menga olib kelib topshirasan keyin bilganingni qil dedi. Shifokorlikning menga yoqmaydigan taraflari: 1)O‘qish uchun juda kop vaqt ketadi. 2)O‘qish uchun Sariflangan vaqtga yarasha oylik to‘lanmaydi. 3)Qog‘ozvozlik ko‘p. 4)umuman qiziqishim yo‘q: 5)Ibodatlarimni vaqtida ado etishga vaqt yo‘q. 6)Doim kimgadur hisobot topshirib yashashiz kerak. 7)Poraxorlik ko‘p. men bir narsaga qiziqib qolsam juda tez ozlashtiraman lekin qiziqmasam qarab ham qoymayman. agar ota onamni aytganini qilib oqishni davom ettirsam vaqtimni bekorga sarflaganim qoladi holos. endi aytinglarchi men o‘zimni orzuyimni bajarib bu hayotda yaxshi yashashni sababini qilaymi yoki ota onamni orzusini bajarib chala duxtir bolaymi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Agar siz bu ahvolda doktor bo‘lsangiz odamlarni davolaydigan emas o‘limiga sabab bo‘ladigan shaxs bo‘lishingiz mumkin. Buni ota-onangizga tushuntiring. Vallohu a’lam!
11 May 2022, 10:16 | Savol-javoblar | 195 | Oila va turmush
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Agar siz bu ahvolda doktor bo‘lsangiz odamlarni davolaydigan emas o‘limiga sabab bo‘ladigan shaxs bo‘lishingiz mumkin. Buni ota-onangizga tushuntiring. Vallohu a’lam!
11 May 2022, 10:16 | Savol-javoblar | 195 | Oila va turmush